wrapper

Items filtered by date: Iyul 2018 - Qashqadaryo viloyat hokimiyati

    Viloyat statistika boshqarmasi hududdagi kichik tadbirkorlik subyektlarining joriy yil dastlabki olti oyidagi faoliyatiga oid ma’lumotlarni e’lon qildi.

Qayd etilishicha, o‘tgan davrda vohamizdagi kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 1 trillion 315,2 milliard so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan. Tarmoq korxonalarining hudud sanoatidagi ulushi 20,2 foizni tashkil etmoqda. O‘sish sur’ati ham salmoqli ekanini aytish lozim. Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning xuddi shu davriga nisbatan 107,4 foizni tashkil qilgan.

Ahamiyatlisi, viloyatimiz miqyosida bajarilgan qurilish ishlari umumiy hajmining 83,9 foizi aynan shu turdagi mulkchilik shakliga ega subyektlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Birinchi yarim yillikda ular tomonidan 1 trillion 355,9 milliard so‘mlik bunyodkorlik ishlari amalga oshirilgan va bu ko‘lam 112,1 foizga ko‘paygan. Kichik tadbirkorlik subyektlari xizmatlar ko‘rsatish jabhasida ham yetakchilik qilmoqda. Buni ularning hudud xizmatlar bozoridagi ulushi 71 foiz ekanidan ham bilish mumkin. Yanvar-iyun oylari oralig‘ida mazkur subyektlar aholiga 2 trillion 247,2 milliard so‘mlik xizmat taqdim etgan. Mahsuldorlik esa 2,4 foizga ortgan.

Shuningdek, viloyatda chakana tovar aylanmasi 86,5 foiz hajmi (3 trillion 997 milliard so‘m) shakllanishida kichik tadbirkorlik subyektlari asosiy o‘rin egallagan. O‘tgan yilgi mos davrga nisbatan ushbu tarmoqdagi o‘sish sur’ati 1,3 foizni tashkil etgan. Dastlabki olti oyda ular tomonidan 76,1 million AQSH dollari miqdorida mahsulot (tovar va xizmatlar) eksport qilinishiga erishilgani ham muhim sanaladi. Bu boradagi ko‘rsatkich 2017 yilning mos davriga nisbatan 48,7 million AQSH dollari yoki 177,7 foizga ko‘p ekanini ta’kidlash zarur. Viloyat umumiy eksporti hajmining 50,2 foizi, ya’ni yarmidan ziyodi shu turdagi mulkchilik shakliga ega subyektlar vakillariga tegishli ekani ham e’tiborga molik.

Bundan tashqari, ushbu muddat davomida vohamizda avtomobilda yuk tashishning 85,6 foizi, yo‘lovchi tashishning 95,2 foizi kichik tadbirkorlik subyektlari vakillari tomonidan ta’minlangan. Faqat bir yo‘nalishda eng past ko‘rsatkich kuzatilgan: 336,8 milliard so‘mlik investitsiya o‘zlashtirilgan, xolos. Bu kichik raqam bo‘lib, viloyat bo‘yicha amalga oshirilgan jami investitsiyalarning atigi 8 foiziga teng. Biroq ilgarigi statistika bilan solishtirsak, samaradorlik (129,4 foiz) ancha yuqori ekani ko‘rinadi.

Yana bir jihati, o‘tgan fursatda kichik tadbirkorlik subyektlari ravnaqi miqyosiga qarab vohamizda ishbilarmonlik muhiti sifatiga ham baho berish mumkin. Xo‘sh, ayni paytda soha vakillari uchun yaratilgan shart-sharoit qay darajada qulay va maqbul? Tadbirkorlar mavjud ahvoldan mamnunmi?

Buni ham statistika ko‘rsatib berdi. Faqat shu olti oyni qamrab olsak, ushbu davrda viloyatimizda 1578 ta yangi kichik korxona va mikrofirma (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil topgani guvohi bo‘lamiz. Solishtirma nisbat esa 123,9 foizga yetgan. Ma’lum bo‘ladiki, fuqarolar soha istiqboliga ishonch bilan boqishmoqda, qo‘rqmay biznesga sarmoya yo‘naltirishmoqda. Yangi subyektlarning eng ko‘pi (17,4 foizi) savdoda faoliyat boshlagan. 15,9 foizi esa o‘z omadini sanoat tarmog‘ida sinab ko‘rgan. Qurilish sohasida ularning 13,9 foizi faol ish yuritmoqda. 16,3 foiz yangi subyekt qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligiga mablag‘ tikkan. Yashash va ovqatlanish (4,4 foiz), tashish va saqlash (2,5 foiz) sohalaridagi ishtirok eng kam ulushni tashkil qilgan.

Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotida hududlar bo‘yicha har ming kishiga nechta kichik tadbirkorlik subyekti to‘g‘ri kelishi taqsimoti ham keltirilgan. Bu borada yetakchilikni Mirishkor (18,8 ta), Shahrisabz (18,2 ta), Kitob (18,2 ta) tumanlari qo‘lga kiritgan. Chiroqchi va G‘uzor tumanlarida esa har ming kishiga mos ravishda 9 va 8,9 ta mazkur mulkchilik shaklidagi subyekt to‘g‘ri keladi. Eng yomon natija esa Shahrisabz shahriga nasib etgan. Bu hududda kichik tadbirkorlikning aholi jon boshiga miqdori (8 ta) nisbatan past ekani ko‘zga tashlanadi. Bundan esa Shahrisabz shahri ahlining turli tovar va xizmatlarga bo‘lgan ehtiyoji mahalliy tadbirkorlik subyektlari tomonidan qoplanishi darajasi qoniqarsiz degan xulosaga kelish mumkin. Demak, iste’mol bozorining katta qismini chetdan keltirilgan yoki import mahsulotlar, xizmatlar egallab olgan. Bu borada ishbilarmonlarga taklif berish, yangi ishlab chiqarish quvvatlari, maishiy shoxobchalarni ko‘paytirish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Ayni birlikning viloyat bo‘yicha olingan ko‘rsatkichi ham hech kimni befarq qoldirmasligi aniq. Vohamizda har ming kishi boshiga hisoblaganda, tegishli birlikda 13,2 ta kichik tadbirkorlik subyekti faoliyat ko‘rsatayotgani ayon bo‘ladi. 2016-va 2017-yilning mos davrlarida esa ushbu ko‘rsatkich tegishlicha 11,7 va 12,5 taga teng bo‘lgan.

Yarim yillikda kichik tadbirkorlikning turli sohalardagi ulushi holatini hududlar kesimida ko‘rib chiqsak, foydadan xoli bo‘lmaydi. Hududlar bo‘yicha sanoatda tarmoqning eng yuqori ishtiroki Kitob tumanida qayd etilgan. Ushbu hududdagi kichik tadbirkorlik subyektlari hozirgi vaqtda sanoat mahsulotlarining 100 foizini yetkazib berayapti. Shu yo‘nalishda yuqori samaradorlik Yakkabog‘ (87,5 foiz) va Chiroqchi (83,5 foiz) tumanlarida ham kuzatilgan. Aksincha, Kasbi (23,2 foiz), Koson (23,4 foiz), Qarshi (23,2 foiz), Mirishkor (20,9 foiz) tumanlarini bu borada qoloq deyish mumkin. Ulardan ham farqli ravishda, Muborak (1,4 foiz), G‘uzor (2.2 foiz), Nishon (4,8 foiz) hamda Dehqonobod (10,6 foiz) tumanlarida kichik tadbirkorlik subyeklarining hududiy sanoatdagi salmog‘i u qadar sezilmaydi. Sabab esa ushbu tumanlarning aksarida yirik sanoat korxonalarining joylashganidir. Ammo bu natija past ekaniga bahona bo‘la oladimi? Bu xususda esa keyinroq.

E’tiborlisi, deyarli barcha hududlarda kichik tadbirkorlik subyektlari qurilish sohasida o‘zini to‘laqonli ko‘rsatib ulgurgan. Bu jabhada ularga yirik raqobatchilar yo‘q hisobi. Hatto Dehqonobod, Qamashi, Mirishkor, Shahrisabz tumanlarida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlarida to‘liq ushbu tarmoq vakillari ishtirok etgani ham barchasini ifodalab turibdi. Xizmatlar tarmog‘ida ham deyarli shu ahvol. Xizmat ko‘rsatish sohasida kichik tadbirkorlik subyektlarining ulushi yuqoriligi bo‘yicha ilg‘or hududlar sirasiga Chiroqchi (99,5 foiz), Qamashi (99,1 foiz), Nishon (98,6 foiz), Mirishkor (98,6 foiz) va Koson (98,1 foiz) tumanlarini kiritish mumkin.

Shu o‘rinda kichik tadbirkorlik subyektlarining sohalar bo‘yicha mahsuldorligini hududlar kesimida ham tahlil etsak. Bu esa mavjud imkoniyatlar va salohiyatni yanada aniqlashtirishga imkon beradi. Birinchi yo‘nalish sifatida sanoat sohasini tanlaymiz. Mazkur mulkchilik shaklidagi subyektlar tomonidan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilishi bo‘yicha mutlaq yetakchi hudud Qarshi shahri hisoblanadi. Tegishli raqam 455 milliard so‘mga yetgan va o‘tgan davrga nisbatan 102 foizga oshgan. Keyingi o‘rinlarda Kitob (115,3 milliard so‘m) va Shahrisabz tumanlari (89,1 milliard so‘m) borayapti. G‘uzor (29,5 milliard so‘m), Dehqonobod (18,7 milliard so‘m), Muborak (26,9 milliard so‘m), Nishon (30,2 milliard so‘m) tumanlarida bu boradagi ko‘rsatkichlar ro‘yxatdagi eng yomoni.

Har holda bu hududlarda kichik biznesning sanoat tarmog‘iga tuzuk integratsiyalasha olmayotganiga yirik korxonalarning daxli bo‘lmasa kerak. Har ikkisining yo‘rig‘i, yo‘nalishi boshqa, albatta. Bu tumanlar mutasaddilari o‘zlaridagi yirik sanoat korxonalari natijalari bilan havolanib, kichik tadbirkorlikni rivojlantirish masalasini bir chetga surib qo‘ygandek, tasavvur uyg‘otadi kishida. Bo‘lmasa, ayni yo‘nalishda Qarshi shahridan qariyb 25 barobar kam mahsuldorlik ko‘rsatgan Dehqonobod tumaniga kichik sanoat quvvatlarini ko‘paytirishga nima xalal beradi? Bu borada jiddiy bosh qotirish, kelgusida kichik biznes subyektlariga ko‘proq taklif berish, ko‘ringan har bir tashabbusni darhol ro‘yobga chiqarish chorasini ko‘rish lozim, fikrimizcha.

O‘z navbatida Qarshi shahridagi kichik tadbirkorlik chakana savdo aylanmasi hajmi bo‘yicha ham hududlar orasida birinchilikni egallagan. Tegishli miqdor 803,6 milliard so‘mga yetgan. Koson (412,7 milliard so‘m), Chiroqchi (363 milliard so‘m) va Qamashi (300,6 mililard so‘m) tumanlari ham bu boradagi natijalari bilan maqtana oladi. Hududlar bo‘yicha tarmoq subyektlari tomonidan eng ko‘p xizmatlar ham Qarshi shahri (756,9 milliard so‘m), Koson (177,4 milliard so‘m) va Chiroqchi (145,9 milliard so‘m) tumanlarida ko‘rsatilgan. Biroq Mirishkor (60,3 milliard so‘m) va Kasbi (67,5 milliard so‘m) tumanlarida xizmatlar sohasiga kichik tadbirkorlik subyektlarini faol jalb qilish yuzasidan ancha ish olib borish kerak ko‘rinadi. Ko‘rsatkichlar ham shunga ishora qilayapti.

Bir so‘z bilan aytganda, biznesning bu shakli bozor sharoitiga ancha moslashuvchan, keladigan xavf ko‘lami ham kichik, aksincha bu tarmoqda faoliyat yuritib ko‘proq daromad topish imkoniyati keng. Bu esa aholini tadbirkorlik qilishga undayotgan asosiy jihatdir. Tabiiyki, ishbilarmon ko‘payishi bozorlar to‘kinligini ta’minlashga xizmat qiladi. Odamlarga doimiy daromad manbai yaratilishi esa turmush farovonligini oshirishga sharoit hozirlaydi. Mamlakatimizda hududlar iqtisodiyotini ko‘tarishga erishishning muhim sharti sifatida kichik tadbirkorlikni jadal rivojlantirishga ustuvor ahamiyat qaratilayotgani sababi ham shunda.

Ma'lumki, yozgi chilla davri g'o'za parvarishida eng dolzarb payt hisoblanadi. Ertangi mo'l hosil shu davrdagi harakatga bog'liq. Bu yilgi ob-havo sharoiti g'o'za uchun biroz noqulay kelganini hisobga olgan holda, ayni damlarda amalga oshiriladigan agrotexnik tadbirlarga alohida e'tibor qaratish shart. Bu jarayonda mexanizatorlarning mehnati beqiyos.                     
        Qashqadaryo viloyati hokimligi matbuot xizmatining Kun.uz ga ma'lum qilishicha viloyatda 3 ming nafardan ortiq mexanizatorlar uchun Qarshi shahridagi amfiteatrda tadbir tashkil qilinib, soha xodimlari traktorchilar, kultivatorlar uchun maxsus konsert dasturi namoyish etildi. Voha san'atkorlari ijrosidagi kuy-qo'shiqlarda mexanizatorlarning zalvorli mehnati, yurtimizdagi mo'l-ko'llik, tinchlik-osoyishtalik madh etildi.
        Shu ma'noda viloyat bo'ylab o'tkazilayotgan tadbirlarda qishloq xo'jaligi jabhasida jonbozlik ko'rsatayotgan mexanizatorlarga hurmat ko'rsatish, ular mehnatini munosib rag'batlantirish istagi alohida o'rin tutdi. Jumladan, Qarshi shahridagi amfiteatrda mexanizatorlar uchun tashkil etilgan tadbirda viloyat hokimi Zafar Ro'ziev qatnashib mexanizator va boshqa qishloq xo'jaligi xodimlari hamda hamkor tashkilotlar vakillarini taqdirladi. Ularga qimmatbaho sovg'alar topshirildi.
- Dala mehnati mashaqqatlariga har kim ham bardosh berolmaydi. Bu mexanizatorlarning qanday zalvorli vazifani ado etayotganini ko'rsatib turibdi. Shu sababli ularni qancha maqtasak, e'zozlasak, arziydi, - dedi viloyat hokimi.
Tadbirda joriy yilda oldimizda turgan vazifalar soha xodimlari zimmasiga katta mas'uliyat yuklashi, mazkur tadbirlar qishloq xo'jaligida yuqori natijalarga erishish garovi ekani alohida ta'kidlandi.
           Darhaqiqat, dehqonchilikda jamg'arilgan mo'l hosil yurtda aholi turmush farovonligi yanada oshishi, bozorlarda to'kinlik ta'minlanishidan dalolat qiladi. Zalvorli qishloq xo'jaligi tashvishlaridan asosiy maqsad ham aslida shu – yuksak xirmon ko'tarish, rizq serobligiga erishish. Ushbu ezgu niyat ro'yobi esa mamlakat tobora ravnaq topishiga keng sharoit hozirlaydi.
         - Rag'bat bo'lsa, ishlaging, o'zingni ko'rsatging keladi, , - deydi tadbir ishtirokchisi, Qarshi tumanida faoliyat ko'rsatayotgan mexanizator Yusupov O'ral. – Asosan haydov traktorini boshqaraman. Kasbimdan obro'-e'tibor, qadr topdim. Sovg'alar oldik. Maroqli hordiq chiqardik. Juda mamnun bo'ldim. Mehnatim ulug'lanayotganini his qildim.
Shundan so'ng soha vakillari qizg'in suhbatni Qarshi shahridagi restoranlarda yozilgan dasturxon atrofida bir piyola choy ustida davom ettirishdi.  Dillarni xushnud etuvchi qo'shiqlar kuylandi.
Tadbir 2018 yil nafaqat mamlakatimiz qishloq xo'jaligi, balki barcha sohalar uchun yanada barakali kelishi, yutuqlarimiz ko'payishi, yurtimizda tinchlik abadiy bo'lishi uchun bildirilgan tilaklar bilan yakunlandi.

Ma'lumki, yozgi chilla davri g'o'za parvarishida eng dolzarb payt hisoblanadi. Ertangi mo'l hosil shu davrdagi harakatga bog'liq. Bu yilgi ob-havo sharoiti g'o'za uchun biroz noqulay kelganini hisobga olgan holda, ayni damlarda amalga oshiriladigan agrotexnik tadbirlarga alohida e'tibor qaratish shart. Bu jarayonda mexanizatorlarning mehnati beqiyos.                     
        Qashqadaryo viloyati hokimligi matbuot xizmatining Kun.uz ga ma'lum qilishicha viloyatda 3 ming nafardan ortiq mexanizatorlar uchun Qarshi shahridagi amfiteatrda tadbir tashkil qilinib, soha xodimlari traktorchilar, kultivatorlar uchun maxsus konsert dasturi namoyish etildi. Voha san'atkorlari ijrosidagi kuy-qo'shiqlarda mexanizatorlarning zalvorli mehnati, yurtimizdagi mo'l-ko'llik, tinchlik-osoyishtalik madh etildi.
        Shu ma'noda viloyat bo'ylab o'tkazilayotgan tadbirlarda qishloq xo'jaligi jabhasida jonbozlik ko'rsatayotgan mexanizatorlarga hurmat ko'rsatish, ular mehnatini munosib rag'batlantirish istagi alohida o'rin tutdi. Jumladan, Qarshi shahridagi amfiteatrda mexanizatorlar uchun tashkil etilgan tadbirda viloyat hokimi Zafar Ro'ziev qatnashib mexanizator va boshqa qishloq xo'jaligi xodimlari hamda hamkor tashkilotlar vakillarini taqdirladi. Ularga qimmatbaho sovg'alar topshirildi.
- Dala mehnati mashaqqatlariga har kim ham bardosh berolmaydi. Bu mexanizatorlarning qanday zalvorli vazifani ado etayotganini ko'rsatib turibdi. Shu sababli ularni qancha maqtasak, e'zozlasak, arziydi, - dedi viloyat hokimi.
Tadbirda joriy yilda oldimizda turgan vazifalar soha xodimlari zimmasiga katta mas'uliyat yuklashi, mazkur tadbirlar qishloq xo'jaligida yuqori natijalarga erishish garovi ekani alohida ta'kidlandi.
           Darhaqiqat, dehqonchilikda jamg'arilgan mo'l hosil yurtda aholi turmush farovonligi yanada oshishi, bozorlarda to'kinlik ta'minlanishidan dalolat qiladi. Zalvorli qishloq xo'jaligi tashvishlaridan asosiy maqsad ham aslida shu – yuksak xirmon ko'tarish, rizq serobligiga erishish. Ushbu ezgu niyat ro'yobi esa mamlakat tobora ravnaq topishiga keng sharoit hozirlaydi.
         - Rag'bat bo'lsa, ishlaging, o'zingni ko'rsatging keladi, , - deydi tadbir ishtirokchisi, Qarshi tumanida faoliyat ko'rsatayotgan mexanizator Yusupov O'ral. – Asosan haydov traktorini boshqaraman. Kasbimdan obro'-e'tibor, qadr topdim. Sovg'alar oldik. Maroqli hordiq chiqardik. Juda mamnun bo'ldim. Mehnatim ulug'lanayotganini his qildim.
Shundan so'ng soha vakillari qizg'in suhbatni Qarshi shahridagi restoranlarda yozilgan dasturxon atrofida bir piyola choy ustida davom ettirishdi.  Dillarni xushnud etuvchi qo'shiqlar kuylandi.
Tadbir 2018 yil nafaqat mamlakatimiz qishloq xo'jaligi, balki barcha sohalar uchun yanada barakali kelishi, yutuqlarimiz ko'payishi, yurtimizda tinchlik abadiy bo'lishi uchun bildirilgan tilaklar bilan yakunlandi.

 

Xabaringiz bor, Prezidentimizning 2017 yil 16 noyabrdagi “Respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga kirish test sinovlarini o‘tkazish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori asosida test sinovlarini takomillashtirish, uning adolatli, xolis va shaffof o‘tishini ta’minlash choralari ko‘rilmoqda. Bu borada viloyatimizda qilinayotgan ishlar xususida Davlat test markazi viloyat bo‘limi boshlig‘i Bekzod JO‘rayev quyidagilarni gapirib berdi:

- 2017 yilda viloyatimizdagi oliy ta’lim muassasalariga 54 mingdan ziyod abituriyent hujjat topshirgan bo‘lsa, joriy yil ularning soni 60 mingdan oshishi kutilmoqda. Xususan, 11 iyul holatida  Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida (qabul kvotasi 1 ming 550) 12 ming 575 nafar abituriyentdan hujjat qabul qilingan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Qarshi filialida 1 ming 594 nafarni tashkil qilmoqda (qabul kvotasi 290 ta). Qarshi davlat universitetiga esa 24 ming 853  nafar abituriyent hujjat topshirgan (ularning 2 ming 380 nafari talabalikka qabul qilinadi).

Test sinovlari 15 kun davomida o‘tkaziladi

- Bu yilgi asosiy yangiliklardan biri test sinovlari 1-15 avgust kunlari katta sig‘imli pavilyonlarda ta’lim yo‘nalishlari kesimida 2 smenada o‘tkazilishidir.

Viloyatdagi oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarini o‘tkazish uchun Qarshi ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati maneji hamda sport zali tanlab olindi.

Ushbu pavilyonlarda birinchi smenada ertalab soat 8-00 dan 11-00 gacha 2130 nafar va ikkinchi smenada kunduzgi soat 15-00dan 18-00gacha yana shuncha o‘g‘il-qiz, bir kunda jami 4260 nafar abituriyent test sinovlarini topshirishi rejalashtirilgan. 

Endilikda abituriyentlar talabalikka tavsiya etilgani yoki etilmagani to‘g‘risidagi natijalarni ilgarigidek 10-15 kun davomida yurak hovuchlab kutmaydi, balki test sinovi o‘tkazilgan kunning ertasiga Davlat test markazining rasmiy veb-sayti www.dtm.uz orqali bilib olishlari mumkin.

Savollar 36 tadan 30 taga kamaydi

- Joriy yil test sinovlari davomida hujjatlarni rasmiylashtirish va to‘ldirish haqidagi majburiyat va vazifalar abituriyentlarga oliy ta’lim muassasasalarining qabul komissiyalari tomonidan 15 iyundan 15 iyulga qadar hujjatlarni qabul qilish jarayonida Nizomda belgilangan tartibda tushuntiriladi. 29-31 iyul kunlari oliy ta’lim mussasalarining qabul komissiyalari tomonidan abituriyentlarga DTM ruxsatnomalari, test topshiradigan binoning reja-chizmasi va eslatma tarqatiladi. Har bir abituriyent DTM ruxsatnomalarini o‘z vaqtida olishi shart. Chunki unda test sinovlarini topshirish uchun qaysi binoga, nechanchi smenada va qaysi vaqtda kelishi yozib qo‘yiladi. Yana shuni qo‘shimcha qilish kerakki, abituriyentlarning test sinovi davomida bir-biriga xalal bermasliklari, test savollarini yechishda boshqalar yordamidan foydalanmasliklari uchun har bir o‘g‘il-qizga 2 kvadrat metr maydon ajratilgan.

Test savollari sonida ham o‘zgarishlar bor. Xususan, joriy yilda test topshiriqlari kitobidagi testlar soni har bir fandan 30 tadan, jami uchta fandan 90 ta bo‘ladi. abituriyentlarga test topshiriqlarini yechish va javoblar varaqasiga belgilashlari bilan birgalikda 90 ta testga 3 soat, 60 ta testga 2 soat va 30 ta testga 1 soat vaqt beriladi.

Tartibbuzar abituriyent test sinovlariga qo‘yilmaydi

- Abituriyentlarning test sinovlari topshiradigan kuni va smenasi uning DTM ruxsatnomasida aniq belgilangan bo‘ladi. Shuni unutmaslik kerakki, belgilangan kuni test sinovlariga kelmagan abituriyent imtihonni qaytib topshirish huquqiga ega bo‘lmaydi.

Agar abituriyentlar test sinovlari o‘tkaziladigan hududga yoki binoga kirishda mikrokalkulyator, lug‘at, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya qurilmalari va boshqa vositalar, shpargalkalar olib kirishga harakat qilsa, olib kirgan bo‘lsa yoki ulardan test sinovlari davomida foydalansa, test materiallarini boshqa abituriyentga uzatsa yoki ularga topshiriqlarni bajarishda yordam bersa, test topshiriqlari kitobi varag‘ini yirtsa, imtihon o‘tayotgan binodan chiqsa, test sinovlari uchun ajratilgan vaqt tugaganidan so‘ng test materiallarini topshirishdan bosh tortsa, ushbu abituriyent test sinovi jarayonidan chetlashtiriladi va natijalari chiqarilmaydi. Sog‘lig‘iga salbiy ta’sir etuvchi holatlarda test materialisiz kuzatuv ostida guruhdan chiqish hollari bundan mustasno.

Nazorat postlari mutaxassislar bilan ta’minlanadi

- Ma’lumki, test sinovlarining adolatli va shaffof o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan test sinovlari o‘tkaziladigan zallarga videokuzatuv kameralari o‘rnatiladi. Ular orqali test sinovlari jarayonini keng jamoatchilik va ota-onalar ko‘rib-kuzatib borishadi.

Shuningdek, test sinovlari o‘tkaziladigan hududga guruh nazoratchilari va abituriyentlar ichki ishlar boshqarmasi xodimlari hamda oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalari a’zolari tomonidan nazorat xizmati postlaridagi metallodetektorlar orqali tekshirib kiritiladi. Abituriyentlarning shaxsini identifikatsiyalash vositalari hamda videofiksatsiya qurilmalari orqali binoga tegishli hududga kiritish, binolardagi va xizmat postlaridagi videoyozuvlar saqlanishi ham ta’minlanadi.

Ijodiy imtihonlar - 15 iyuldan 21 iyulgacha

- Qarshi davlat universitetida jismoniy tarbiya va sport, tasviriy san’at va muhandislik grafikasi, musiqiy ta’lim yo‘nalishlarida iqtidorli yoshlar maxsus Nizom talablari asosida 15 iyuldan 21 iyulgacha ijodiy imtihon topshirishadi va talabalikka tanlab olinadi. Shuningdek, 105 nafar B1 va undan yuqori sertifikatga ega bo‘lgan yoshlar chet tili fanlaridan test sinovlari topshirishmaydi. Bunday yoshlarga shu fanlardan maksimal ball qo‘yiladi.

Abituriyentlar hamda ularning ota-onalari, kuzatuvchilari uchun malakali tibbiy xizmat yo‘lga qo‘yilishi, binolarda mo‘tadil haroratning saqlanishi, to‘planish joylarida soyabonlar o‘rnatilishi, ularning ichimlik suvi, ko‘k havorang pastali ruchkalar bilan ta’minlanishi ko‘zda tutilgan. Uzoq hududlardan keluvchi abituriyentlar uchun grafik asosida avtobuslar qatnovi tashkil etiladi yoki Qarshi shahridagi ta’lim muassasalari yotoqxonalaridan belgilangan muddatlarda, talablar darajasida foydalaniladi.

Page 1 of 3

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 198 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Bosh sahifa

Qabul kunlari

Rahbariyatga murojaat etish

Rahbariyatga murojaat etish

Viloyat hokimligining umumiy bo'limiga murojjat etish (Yangi oynada ochiladi)

Mobil versiya

Mobil versiyaga o'tish

Bog'lanish

Ishonch telefon raqami 
0(371) 200-55-05 
Ishonch telefon raqami reglament
Yagona telefon raqami
0(375) 221-07-60 
Yagona telefon raqami reglamenti

Batafsil>>>

Biz bilan bog'lanish

Sahifa adressi

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family