wrapper

Items filtered by date: Oktyaber 2018 - Qashqadaryo viloyat hokimiyati

Bugungi kunda dunyo yengil sanoatida sun’iy toladan foydalanish darajasi keskin ortgan bo‘lsa-da, tabiiy toladan tayyorlangan tekstil mahsulotlariga bo‘lgan talabni kamaytira olgani yo‘q. Aksincha, har jihatdan foydali, davolash xususiyatlariga ega, ekologik xavfsiz shunday kiyim-kechak, uy-ro‘zg‘or buyumlarini xarid qilishga ehtiyoj  tobora ortmoqda. Natijada tabiiy tola yetkazib beruvchi sohalar, xususan, ipakchilik tarmog‘i rivoji ham jadal tus olayotir. Bu yo‘nalishda mahsuldorlik sezilarli oshgani kuzatilmoqda. Jahonda sifatli pilla xom ashyosi yetishtirishda yetakchi hisoblangan mamlakatimizda ham mavjud salohiyatdan unumli foydalanishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

 

Sir emas, ayni paytda yurtimiz ipak sanoatini yangi bosqichga ko‘tarish uchun keng ko‘lamli ishlarga qo‘l urilmoqda. Soha samaradorligini oshirish, imkon qadar kam resurs sarflab, innovatsion usullarni qo‘llagan holda ko‘proq “kumush tola” ishlab chiqarish choralari ko‘rilayapti. Ushbu jarayonning ilk davrida qimmatli xom ashyoni yetishtirishda ishtirok etuvchi pillakorlar moddiy manfaatdorligi ta’minlanmoqda. Tarmoqning ozuqa, moddiy-texnika bazasi yanada mustahkamlanayapti. Ilgari pilla yetishtirish faqat bir mavsumdan iborat edi, endilikda uchtaga yetdi. O‘z-o‘zidan o‘sishga nafaqat hajm, balki sifat borasida ham erishilayotir.

 

Respublikada ipak xom ashyosini yetkazib beruvchi muhim hudud sanalgan viloyatimiz misolida qarasak, joriy yilda uch mavsum davomida vohamiz pillakorlari ipak qurti boqib, hosil yetishtirish bilan mashg‘ul bo‘ldi. Sohada 450 nafar kishi doimiy, 8 ming kishi mavsumiy mehnat qilmoqda. Pillakorlarga 38 ming quti urug‘ tarqatilgandi. Yakunda 1 ming 800 tonnadan ziyod xom pilla tayyorlandi. Bu 600 tonna atrofida quruq pilla degani. Albatta, xom ashyo tayyor mahsulotga nisbatan arzon baholanadi. Nima qilsa, ko‘proq daromad olish imkoni mavjud? Tabiiyki, u qayta ishlashga yo‘naltirilsa, foyda ham 3-4 barobar, balki undan ham ziyoda bo‘ladi. Binobarin, oddiy xomcho‘tga ko‘ra, 600 tonna toladan 150 tonnadan ortiq ipak-kalava ishlab chiqarish mumkin. Hozirgi vaqtda jahon bozorida 1 kilogramm shunday mahsulot narxi o‘rtacha 40-60 AQSH dollarini tashkil etadi.

 

Xo‘sh, xom ashyo zaxirasi yetarlicha bo‘lgan viloyatimizda pillaga sanoat usulida ishlov berish darajasi qoniqarlimi? Bunga “ha” deb javob berish mumkin. Negaki ish boshlaganiga yaqinda besh yil to‘ladigan, Qarshi shahridagi “Radiant Silk” O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasi quvvati bir yilda 450 tonna quruq pillani qayta ishlashga mo‘ljallangan. Ayon bo‘ladiki, fabrika dastgohlarining uzluksiz ishlashi uchun hech qanday monelik yo‘q. Avval korxona xom ashyoni sotib olgan bo‘lsa, hozir unga o‘zi to‘liq egalik qiladi. Ya’ni yetishtiruvchini urug‘lik, boshlang‘ich badal puli, ozuqa bilan ta’minlab, oxirida undan xom pillani to‘lig‘icha qabul qilib oladi.

 

- Davlatimiz rahbarining tegishli qarori bilan yo‘lga qo‘yilgan bu amaliyot biz uchun ancha foydali bo‘ldi, ishlab chiqarish jarayonida yagona zanjir yuzaga kelishiga sharoit yaratdi, - deydi korxona direktori o‘rinbosari Tolib Qalandarov. – Endi xom ashyoni yetishtirishdan qayta ishlashgacha bo‘lgan barcha bosqichda qatnasha olamiz. Yetkazib beruvchidan sifat talab qilishga ham haqlimiz. Natijada ishda unumdorlik yuqori bo‘layapti. Imkoniyatimizdan samarali foydalanayapmiz. Xususan, 2018-yilning 9 oyida 20 tonnadan ko‘p ipak-kalava ishlab chiqardik. Bozorimiz aniq, mahsulot chet ellik xaridorlardan ortmaydi. O‘tgan yili qiymati 790 ming AQSH dollaridan ziyod mahsulotni eksport qilgan bo‘lsak, joriy yilning ayni davridayoq bu ko‘rsatkichga erishdik. Eksportga yo‘llash uchun hali yana mahsulotimiz bor. Yil so‘ngigacha mavjud raqamni 4 million AQSH dollariga yetkazish ko‘zlangan.

 

Korxona mas’ullarining bildirishicha, odatda quruq pillaning sifatsiz qismi yigirishda ishlatilmaydi, chiqindiga chiqadi. Bu undan butkul foydalanilmaydi, degani emas. Chiqindi xom ashyodan ham bir necha turdagi yarim tayyor mahsulot olish mumkin. Jumladan, ipak momig‘i, ip va dag‘al mato shular sirasiga kiradi. Unga ham talab bor, boz ustiga tashqi bozorda. Shu sababli korxonada ishlab chiqarilayotgan bu mahsulotlar ham faol eksportga chiqarilmoqda.

 

Yuqorida aytganimizdek, tabiiy gigiyenik xususiyatga ega ekani hamda ekologik bezararligi bilan ajralib turishi ipakning qadrini oshirayapti. Ayni shu jihat pilla xom ashyosini chuqur qayta ishlashni tashkil etishni taqozo etmoqda. Zamonaviy texnologiyalardan foydalanib, ipakdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish sohaning eksport ortidan oladigan daromadini yanada yuksaltirishga keng imkon beradi. Ahamiyatlisi, korxona mutasaddilari bu borada allaqachon ish boshlab yuborgan.

 

- Avvaldanoq asosiy maqsadimiz ishlab chiqarishning barcha bosqichini ishga tushirish edi, - deydi korxona sexi boshlig‘i Kamol Qurbonov.  – Ammo ayrim omillar bunga yo‘l bermayotgandi. Endilikda nafaqat o‘zimiz, balki xorijlik investorlar ham bunga xayrixohlik bildirishmoqda, istiqbolli loyihani tezroq ro‘yobga chiqarish payida. Kelgusida gazlama to‘qishni yo‘lga qo‘yamiz. Yaqin orada chet eldan to‘qish dastgohlari keltirilishi kerak. Loyihamiz amalga oshsa, yiliga 500 ming pogonametr ipak mato ishlab chiqara boshlaymiz. Bundan   tashqari, korxonamizda ipak gilamlar to‘qishni tashkil etish ko‘zda tutilgan. Shu maqsadda yil oxiriga qadar 20 ta yangi uskuna o‘rnatamiz. 2019-yilda esa qo‘shimcha 50 ta dastgoh olib kelamiz. Buning samarasida 50 ta yangi ish o‘rni yaratiladi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, loyihaga 30 million AQSH dollari atrofida investitsiya kiritilishi reja qilingan.  Uning asosiy qismi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorij sarmoyasi bo‘ladi.

 

Ma’lum bo‘lishicha, bugungi paytda korxonaning yangi ishlab chiqarish sexini ta’mirlash, dastgohlarni o‘rnatishga moslash ishlari jadal ketmoqda. Investorlarni tez qaror qabul qilishga undagan narsa esa ishlab chiqarilajak mahsulotning yuqori eksportboplik xususiyatidir. Keyinchalik korxona negizida zamonaviy texnopark barpo etish maqsad qilingan. Bu esa ishlab chiqarishni yagona zanjirga birlashtirish imkonini beradi. Yuqori hosildorlikka ega yangi tutzorlar tashkil qilinadi. Chet ellik investorlar ana shunday taklif bilan chiqqan.

 

Yana bir muhim jihati, mazkur sub’yekt viloyatimizning ipak qurti urug‘iga bo‘lgan talabini to‘liq ichki imkoniyat hisobidan qoplash borasida ish olib borayapti. Gap shundaki, biroz avval poytaxtimizda o‘tgan uchrashuvda  “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi hamda Xitoy Xalq Respublikasining Shandun provinsiyasidagi “Shandong Guantong Silkworm Eggs Co” kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangandi. Mazkur kompaniya dunyoning ko‘p davlatlariga ipak qurti urug‘ini eksport qiladi. E’tiborlisi, Chin yurti ishbilarmonlari mamlakatimizda pillachilik tarmog‘ining ipak qurti urug‘i ishlab chiqarish sohasiga investitsiya kiritmoqchi. Bu tadbirda kompaniya va Qarshi shahridagi “Radiant Silk” qo‘shma korxonasi o‘rtasida kelishuv bayonnomasi tuzilgan.

 

Unga ko‘ra, viloyatimizda 2019-yilda 20 ming qutidan boshlanib, 2021-yilda 150 ming qutigacha ipak qurti urug‘i ishlab chiqarish quvvatiga ega qo‘shma korxona barpo etiladi. Buning uchun Shahrisabz shahri tanlangan. Korxona mas’ullarining ta’kidlashicha, asosiy maqsad chetdan urug‘ olib kelinishiga chek qo‘yish va urug‘ importini to‘xtatish hamda kelajakda o‘zimizda ishlab chiqarilgan urug‘larni eksport qilishdir. Natijada qo‘shimcha ravishda 100-150 doimiy, 300-400 mavsumiy ishchining mehnat bilan bandligi ta’minlanadi.

 

Mirzohid JO‘RAYEV

 

Suratlarda: korxona faoliyatidan lavhalar.

 

Sobir Narziyev olgan suratlar.

shanba, 13 Oktyaber 2018 00:00

Taʼlimning ilk va muhim boʻgʻini

Qarshi shahridagi 46-maktabgacha taʼlim muassasasi tarbiyachisi Muqaddam Rahimqulova Prezidentimiz farmoniga muvofiq, Oʻqituvchi va murabbiylar kuni arafasida II darajali “Sogʻlom avlod uchun” ordeni bilan mukofotlandi.
 
Tarbiyachi-pedagog bola tarbiyasining oʻziga xos jihatlarini hisobga olgan holda, taʼlim tizimidagi yangiliklar va ilgʻor pedagogik texnologiyalarni, maktabgacha yoshdagi bolalarni uygʻun rivojlantirish sohasidagi xorijiy tajribani oʻrganish, taʼlim jarayonida joriy etishga intiladi.
 
– Maktabgacha taʼlim tizimi taʼlimning ilk va muhim boʻgʻinidir, – deydi M.Rahimqulova. – Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy, ijtimoiy-ruhiy jihatdan kamol toptirish, axloqiy va maʼnaviy barkamol etib tarbiyalashda tarbiyachining mahorati, bilimi va tajribasi muhim ahamiyatga ega. Buning uchun har bir pedagog xodim sohani puxta oʻrganishi, oʻz ustida muttasil izlanishi lozim.
 
2.jpg
 
3.jpg
 
4.jpg
 

 

Jamshid Norqobilov (surat), OʻzAQarshi shahridagi 46-maktabgacha taʼlim muassasasi tarbiyachisi Muqaddam Rahimqulova Prezidentimiz farmoniga muvofiq, Oʻqituvchi va murabbiylar kuni arafasida II darajali “Sogʻlom avlod uchun” ordeni bilan mukofotlandi.
 
Tarbiyachi-pedagog bola tarbiyasining oʻziga xos jihatlarini hisobga olgan holda, taʼlim tizimidagi yangiliklar va ilgʻor pedagogik texnologiyalarni, maktabgacha yoshdagi bolalarni uygʻun rivojlantirish sohasidagi xorijiy tajribani oʻrganish, taʼlim jarayonida joriy etishga intiladi.
 
– Maktabgacha taʼlim tizimi taʼlimning ilk va muhim boʻgʻinidir, – deydi M.Rahimqulova. – Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy, ijtimoiy-ruhiy jihatdan kamol toptirish, axloqiy va maʼnaviy barkamol etib tarbiyalashda tarbiyachining mahorati, bilimi va tajribasi muhim ahamiyatga ega. Buning uchun har bir pedagog xodim sohani puxta oʻrganishi, oʻz ustida muttasil izlanishi lozim.
 
2.jpg
 
3.jpg
 
4.jpg
 

 

Jamshid Norqobilov (surat), OʻzA
shanba, 13 Oktyaber 2018 00:00

MAQSAD - MALAKALI MUTAXASSIS TAYYORLASH

Ma’lumki, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Janubiy Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) ishtirokida “O‘zbekistonda kasb-hunarga o‘qitish imkoniyatlarini rivojlantirish” loyihasi doirasida Toshkent, Samarqand va Shahrisabz shaharlarida ishsiz va band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga o‘qitish markazlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan edi.

Ta’kidlab o‘tish joiz, mehnat bilan band bo‘lmagan aholi, ayniqsa, yoshlarni ish bilan ta’minlash bugun kechayotgan islohotlarning ustuvor maqsadi sanaladi. Ular o‘zlariga munosib ish o‘rniga ega bo‘lishi uchun esa avvalo ma’lum bir hunarni  puxta egallashi, o‘z ishining haqiqiy ustasi bo‘lib yetishishi, bir so‘z bilan aytganda, mutaxassis sifatida bugungi zamon shiddati va raqobatiga dosh bera olishi lozim.

Aslida, mamlakatimizda kasb-hunar kollejlari faoliyati yo‘lga qo‘yilishida ham ana shu maqsad nazarda tutilgandi. Biroq, ushbu muassasalarda malakali o‘qituvchilarning yetishmasligi, darslar asosan nazariy tomonlama tashkil etilgani, o‘quvchilar yetarli darajada ishlab chiqarish yoki servis xizmat ko‘rsatish malakasiga ega bo‘lmasligi natijasida  kutilgan samara chiqmadi.

KOICA bilan hamkorlikda mamlakatimizda qo‘yilgan kasb-hunarga o‘qitish markazlari esa bu borada juda katta imkoniyatlarga ega. Ularda o‘quvchilar o‘zi tanlagan kasb bo‘yicha nafaqat nazariy bilimga ega bo‘ladi, balki eng zamonaviy texnologiyalarni mustaqil ishlatib, amaliy ko‘nikma hosil qiladi. Shahrisabz shahridagi ishsiz va band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga o‘qitish markazi faoliyati bilan tanishish asnosida bunga yana bir marotaba amin bo‘ldik.

- Muassasada eng avvalo o‘quvchilarning amaliy ko‘nikma hosil qilishiga katta e’tibor qaratiladi, - deydi markaz direktori Fazliddin Rajabov. – Buning uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Aytib o‘tishim joiz, markaz faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun KOICA tomonidan 8,5 million dollarlik grant ajratilib, bu mablag‘ evaziga eng zamonaviy asbob-uskunalar, xususan, 20 dona payvandlash jihozi, 10 dona tokarlik sexi, 35 dona tikuv mashinasi, 10 dona ip yigiruv uskunasi, kompyuter texnologiyasi yo‘nalishi uchun 3 komplekt o‘quv xonasi jihozlari, shuningdek, boshqa uslubiy qo‘llanmalarni xarid qilish rejalashtirilgan edi. Ayni kunga qadar, barchasi amalga oshdi va o‘quvchilar ular yordamida amaliy ish olib bormoqda. Ip yigiruv texnologiyasi esa yaqin kunlar ichida o‘rnatib bo‘linadi.

Markazda o‘quv-amaliyot xonalarini zamonaviy texnologiyalar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar bilan jihozlash bilan bir qatorda yuksak malakali o‘qituvchilarni jalb etishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu bois muassasada mavjud beshta yo‘nalishning har biri uchun 3 nafardan, jami 15 nafar mutaxassis tanlab olinib, Janubiy Koreyada malaka oshirib qaytishdi. Bundan tashqari, ayni vaqtda markazda har bir yo‘nalish bo‘yicha bir nafardan Janubiy koreyalik mutaxassis faoliyat olib bormoqda. Ular uch oy davomida shu yerda ishlab, mahalliy mutaxassislarga, o‘quvchilarga yangi texnologiyalardan foydalanish sir-asrorlarini to‘liq o‘rgatadi.

- O‘zim Shahrisabz tumanining Chorshanbe qishlog‘idanman, - deydi metallga ishlov berish yo‘nalishi o‘quvchisi Jo‘rabek Misirov. – Kollejni tugatgach, ish topa olmay kelayotgan edim. To‘g‘risi, qo‘limda biror hunarim ham yo‘q edi. Shu bois mazkur markazga hunar o‘rganish uchun keldim. Bu yerda metallni kesish, eritish, payvandlash yoki qayta ishlash uchun kerak bo‘ladigan barcha jihozlar bor. Ulardan foydalanib, amaliy ish o‘rganmoqdamiz. Bu ishni professional darajada bajaradigan mutaxassisga hamma joyda ish topiladi. Shaxsan o‘zim, shu kasbni puxta o‘rganib, qishlog‘imizdagi avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatadigan shoxobchalardan biriga ishga kirmoqchiman.

Markazda o‘quvchilarning kasb-hunar sirlarini puxta egallashi, nazariy va amaliy ko‘nikmaga ega bo‘lishi, shu bilan bir qatorda, o‘qish davrida yashashi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. 50 o‘rinli yotoqxona, kutubxona ular xizmatida. O‘quvchilar bepul ta’lim olish, hunar egallash bilan bir qatorda, ularga davlat tomonidan eng kam oylik ish haqi miqdorida ishsizlik nafaqasi beriladi.

Albatta, yaratilgan bunday sharoit va imkoniyatlar yuqori malakali, keng dunyoqarashga ega mutaxassislarni tayyorlash borasida mamlakatimizda olib borilayotgan ishlarning ko‘lamini namoyon etadi.

Jahongir BOYMURODOV

Suratlarda: markaz faoliyatidan lavhalar.

Sobir NARZIYEV olgan suratlar.

Joriy yilning 15-iyulida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning ro‘yxatdan o‘tishi uchun emehmon.uz tizimi yo‘lga qo‘yilgandi. Mehmonxonalarda va boshqa joylashtirish joylarida elektron shaklda internet tarmog‘i orqali hisobga olishning ushbu avtomatlashtirilgan maxsus dasturi Prezidentimizning 2016-yil 2-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi doirasida joriy etilgani ahamiyatlidir.

Xo‘sh, mazkur yangi tizim qanday qulayliklarga ega va bundan kutilgan samaralarga erishilmoqdami?

Gap shundaki, chet el fuqarosi O‘zbekistonga kelgach, emehmon.uz tizimi orqali 30 daqiqa ichida ro‘yxatdan o‘tishi mumkin. Buning uchun hech qayerga borishning keragi bo‘lmaydi. Tizim chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga veb-sayt, mobil ilova hamda ro‘yxatdan o‘tkazish tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tish imkonini beradi. Sayyohning shaxsiy ma’lumotlari nega kerak? Bu avvalo xavfsizlik nuqtai nazaridan zarur. Turist niqobi ostida mehmonxonaga joylashib olib, yashab yurgan, ushbu tizim sabab qo‘lga olingan jinoyatchilar fikrimizni tasdiqlaydi.

Sayyohlar emehmon.uz saytining ma’lumotlar oynasida o‘z ma’lumotlarini ko‘rsatib, “kelish varaqasi”ni to‘ldiradilar. Ro‘yxatdan o‘tish jarayonining oxirida turistik yig‘imni to‘lash uchun to‘lov kartalari ma’lumotini kiritishlari kerak bo‘ladi. Shuningdek, yashash joyidan ro‘yxatdan o‘tgan va turistik yig‘imni to‘lagan, ammo u yerda yashamaydigan mehmonlar uchun emehmon.uz tizimida alohida erkin turist punkti mavjud. Albatta, bunday yangilik sayyohni turli ovoragarchilik va qog‘ozbozliklardan forig‘ etdi. Ayni paytga qadar 6600 nafardan ortiq chet ellik sayyoh vohamizga kelishda mazkur tizim imkoniyatidan foydalandi.

Qolaversa, bu dastur mehmonxonalar ishini ham yengillashtirdi. Ushbu muassasalar egalari vaqt va mablag‘ sarflab, turli tashkilotlarga hisobot topshirishga majbur bo‘lardi. Endilikda esa bunga hojat yo‘q. Viloyatimizdagi 49 ta mehmonxona va joylashtirish nuqtalari tizimga ulangan. Ma’lumotlar onlayn rejimida kiritib boriladi. Bu esa tizimda ishtirok etuvchi tegishli davlat organlariga ham ko‘rinib turadi.

- Tizim bizga ko‘plab qulaylik taqdim etdi, - deydi Shahrisabz shahridagi “Do‘lon” mehmonxonasi ish boshqaruvchisi Shuhrat Sattorov. – Ishimiz osonlashdi. Hech nimaga chalg‘imaymiz. Hech kim hisob ham so‘ramaydi. Barchasi ushbu tizim orqali yaqqol namoyon bo‘ladi. Natijada mehnat mahsuldorligi ham oshayapti. Hozirda mehmonxonamizda bir martada 14 nafar sayyohga xizmat ko‘rsatish imkoni mavjud. Xonalarimiz milliylik ruhida jihozlangan. Bu esa chet elliklarni befarq qoldirmaydi. Ularga barcha qulayliklarni taqdim etishga harakat qilayapmiz.

Jasur ABDULLAYEV,

 viloyat IIB xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimi

Page 1 of 4

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 282 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Bosh sahifa

Qabul kunlari

Rahbariyatga murojaat etish

Rahbariyatga murojaat etish

Viloyat hokimligining umumiy bo'limiga murojjat etish (Yangi oynada ochiladi)

Mobil versiya

Mobil versiyaga o'tish

Bog'lanish

Ishonch telefon raqami 
0(371) 200-55-05 
Ishonch telefon raqami reglament
Yagona telefon raqami
0(375) 221-07-60 
Yagona telefon raqami reglamenti

Batafsil>>>

Biz bilan bog'lanish

Sahifa adressi

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family