wrapper

Maxsus imkoniyatlar
Items filtered by date: Dekabr 2017 - Qashqadaryo viloyat hokimiyati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2017-yil 12-dekabr kuni mamlakatimiz tibbiyot sohasidagi dolzarb masalalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Bugun yurtdoshlarimiz barcha sohalarda olib borilayotgan islohotlar samaralarini, xususan, aholi uchun munosib hayot darajasining sifati tubdan yaxshilanayotganini o‘zlarining kundalik turmushlari misolida ko‘rib turibdi.

Zero, fuqarolarning baxtli-saodatli, farovon umr kechirishini kafolatlash, huquq hamda erkinliklarini muhofaza qilish davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi.

Aholi salomatligini muhofaza qilishni yanada yaxshilash, xalqimizni tibbiyot tizimi faoliyatidan rozi qilish – barchamizning eng muhim vazifamizdir, dedi davlatimiz rahbari.

Assalomu alaykum, aziz vatandoshlar! 

Hurmatli qishloq xo‘jaligi xodimlari! 

Men uchun qadrli bo‘lgan dehqon va fermerlar! 

Muhtaram do‘stlar! 

Avvalo, siz, azizlarni va sizlar orqali butun xalqimizni yurtimizda birinchi marotaba nishonlanayotgan O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni bayrami bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. 

Bugun mana shu muhtasham koshonada yig‘ilgan mirishkor dehqon va fermerlar, suvchi va irrigatorlar, mexanizator va agronomlar, agrar tarmoq olimlari timsolida dunyodagi eng sharafli kasb egalarini ko‘rib turibmiz. 

Juma, 15 Dekabr 2017 00:00

SHU AZIZ VATAN BARCHAMIZNIKI!

O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analari hurmat qilinishini ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 4-moddasidan.

O‘zbekiston – totuvlik va bag‘rikenglik mamlakati. Ayni e’tirof bugun dunyo minbarlarida aytilmoqda. Buning boisi shundaki, yurtimizda bag‘rikenglik muhitini, shuningdek, millatlararo va dinlararo munosabatlarni mustahkamlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri. Shunga monand 130 dan ortiq millat va elat vakillari hamfikru hammaslak bo‘lib, mustaqilligimizni yanada mustahkamlash, Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligiga munosib hissa qo‘shmoqda.

shanba, 09 Dekabr 2017 00:00

Yangi liniya, yangi mahsulot

Qarshi shahridagi "Kapital premium grup" mas’uliyati cheklangan jamiyati asosan maxsus ishchi poyabzallari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Bugungi kunda ushbu tadbirkorlik subyekti o‘z mahsulotini yurtimizdagi energetika, neft-gaz sohasi korxonalariga yetkazib bermoqda.

Biroz avval bu turdagi oyoq kiyimlarni eksportga yo‘naltirish ham boshlangandi. Asosiysi, ishlab chiqarish jarayonini tashkil etishda eng so‘nggi texnologiyalardan foydalanilayapti va bu esa mahsulot sifati hamda raqobatbardoshligini ta’minlashga xizmat qilmoqda. Viloyatimiz charm-poyabzal sanoati rivojiga qaratilgan mazkur loyiha tegishli xususiylashtirish dasturi doirasida amalga oshirilganini qayd etish lozim. Ilgari bo‘sh turgan davlat mulki obyektini "nol" xarid qiymatida olish evaziga investor katta miqdorda sarmoya kiritish majburiyatini olgandi. Sohada qo‘lga kiritilayotgan yuqori natijalardan ham bilish mumkinki, ushbu shartlar bosqichma- bosqich muvaffaqiyatli bajarilayotir.

- Ayni vaqtga qadar loyihani to‘la ro‘yobga chiqarish uchun 2,5 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ sarfladik, - deydi korxona rahbari Dilshod Muftillayev. - Natijada 50 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratdik. Faqatgina maxsus ishchi poyabzali tayyorlash bilan cheklanib qolmadik. Bozor talabi va mavjud ehtiyojni o‘rganib, zamonaviy ko‘rinishdagi oyoq kiyimlar ishlab chiqarishga ham qaror qildik. Shu maqsadda tijorat bankidan kredit olib, Xitoydan qiymati 400 ming AQSH dollariga baholangan liniya xarid qildik.

Bu texnologiya har xil modeldagi poyabzallarni tayyorlash imkonini beradi. Erkaklar tuflisini shular sirasiga kiritish mumkin. Shu bilan birga bu uskuna yordamida charmdan ishlangan krossovkalar tayyorlash o‘zlashtirildi. Buning uchun zarur xomashyoning asosiy qismi o‘zimizda bor. Qolgan detallar, xususan, tagcharmni chet eldan import qilayapmiz. Bunda mahalliy xomashyo ulushi 50 foizdan oshayapti. Mahsulotimizni bozorga chiqarishni boshlaganimizga ham bir necha oy bo‘ldi. Talab ko‘pki, poyabzallarimiz xaridorlarga manzur bo‘lmoqda.

Tadbirkorning so‘zlariga ko‘ra, korxonada yangi quvvat ishga tushirilishi bilan mahsulot turi yana 20 taga ortdi. Ayni paytda kuniga yangi modeldagi 300-400 juft oyoq  kiyimi ishlab chiqarish mumkin. Shuningdek, yana 10 nafarga yaqin kishi doimiy ish o‘rniga ega bo‘ldi. Mahsulot rang-barangligini ta’minlash maqsadida xorijdan dizaynerlar jalb qilingan. Ishlab chiqarilajak poyabzal sifatli, o‘z navbatida bejirim bo‘lishiga alohida e’tibor berilmoqda. Mahsulotlar viloyatimiz markazidagi savdo do‘konlariga tarqatilmoqda, Toshkent shahridagi savdo hamkorlarimizga yetkazib berilayapti.

Ta’kidlash joiz, korxona mahsulotlari shu kunlarda poytaxtimizdagi "O‘zekspomarkaz"da "Made in Uzbekistan" nomi ostida o‘tayotgan mamlakatimiz iqtisodiy soha yutuqlari ko‘rgazma-yarmarkasida ham keng namoyish etilmoqda. Ushbu poyabzallar mahalliy tadbirkorlar va chet ellik ishbilarmonlarda katta qiziqish uyg‘otgani ahamiyatlidir. Korxona rahbarining bildirishicha, tadbir yakunida bir qancha yangi hamkorlar bilan manfaatli shartnomalar imzolanishi kutilmoqda. Bu esa yangi bozorlarni zabt etishga imkon yaratishi bilan ahamiyatli.

Page 1 of 3

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 333 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Bosh sahifa

Qabul kunlari

A- A A+

Rahbariyatga murojaat etish

Rahbariyatga murojaat etish

Viloyat hokimligining umumiy bo'limiga murojjat etish (Yangi oynada ochiladi)

Mobil versiya

Mobil versiyaga o'tish

Bog'lanish

Ishonch telefon raqami 
0(371) 200-55-05 
Ishonch telefon raqami reglament
Yagona telefon raqami
0(375) 221-07-60 
Yagona telefon raqami reglamenti

Batafsil>>>

Biz bilan bog'lanish

Sahifa adressi

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family