wrapper

Sport

Sport (42)

Qashqadaryoda iqtidorli karatechilar saralandi

Xabar berganimizdek, Oʻzbekiston karate Milliy federatsiyasi tomonidan yurtimizda ushbu sport turini keng ommalashtirish, hududlarda seleksiya jarayonlarini oʻtkazish orqali iqtidorli yoshlarni tanlab olishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
 Bu esa oʻz navbatida Oʻzbekiston oʻsmirlar va yoshlar terma jamoalariga munosib zaxirani shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Qolaversa, terma jamoamiz aʼzolari ham ortidan munosib oʻrinbosarlar yetishib kelayotganini bilsa, oʻz ustida yanada koʻproq ishlashga harakat qiladi, intiladi. Bu shubhasiz oʻzbek karatesi manfaatlariga xizmat qiladi.

 Shu sababli Oʻzbekiston karate Milliy federatsiyasi ishchi guruhi tomonidan joylarda faol seleksiya jarayoni oʻtkazilmoqda. Jumladan, 13-14 fevral kunlari Qashqadaryo viloyatida ham iqtidorli yoshlar saralab olindi. Unda viloyatning barcha hududlaridan 8-12 yoshdagi oʻgʻil bolalar va qizlar imtihondan oʻtkazildi.

Taʼkidlash joiz, bugungi kunda Oʻzbekiston karate Milliy federatsiyasi barcha yoshdagi terma jamoalarda teng kuchli bir nechta tarkibni shakllantirishga jiddiy eʼtibor qaratgan. Bu esa asosiy tarkib uchun raqobatning oʻsishiga xizmat qiladi. Raqobat esa tabiiyki yoshlarning mahorati ortishiga xizmat qiladi.
Shu maʼnoda aytish joizki, Oʻzbekiston karate Milliy federatsiyasi tomonidan joylarda oʻtkazilayotgan seleksiya jarayoni yurtimizda ushbu sport turi taraqqiyotini taʼminlaydi.
photo5413815872021179095.jpg

 

 

 

photo5413815872021179096.jpg

 

 

 

photo5413815872021179097.jpg

 

 

 

photo5413815872021179098.jpg

 

 

 

photo5413815872021179101.jpg


OʻzA

Batafsil

BAHODIR BOQIYEV – O‘ZBEKISTON CHEMPIONI

oraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahrida sambo ko‘rashi bo‘yicha erkaklar, ayollar hamda jangovor sambo yo‘nalishlarida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.

E’tiborga molik jihati, musobaqaning jangovar sambo yo‘nalishida 62 kilogramm vazn toifasida viloyatimiz vakili Bahodir Boqiyev barcha raqiblarini mag‘lub etib, shohso‘paning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.

Shuningdek, ushbu yo‘nalishda viloyatimiz vakillaridan 74 kilogramm vazn toifasida Suhrob Bo‘riyev, 90 kilogramm vazn toifasida esa Anzur Qo‘ziyev va Jo‘rabek Xidirovlar 3-o‘rin sohibiga aylanishdi.

An’anaviy sambo kurashining erkaklar o‘rtasidagi bahslarida esa vakillarimizdan Hasan Hurramov (62 kilogramm), Davlat Abrayev (82 kilogramm) hamda Botir Xoliyorov (90 kilogramm) bronza medaliga ega chiqqan bo‘lsa, ayollar o‘rtasida Maftuna Ergasheva (60 kilogramm) uchinchi o‘rinni egallab, sovrindorlar safidan joy oldi.

Jahongir BOYMURODOV

Batafsil

Olimpiya terma jamoasiga “Nasaf”dan 10 nafar futbolchi chaqirildi

Ma’lumki, futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi oldiga 2020-yili Yaponiyada bo‘lib o‘tadigan Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritish vazifasi qo‘yilgan.

Yaqinda bu vazifani amalga oshirish uchun jamoaga bosh murabbiy sifatida serbiyalik mashhur mutaxassis Lyubinko Drulovich chaqirilgan edi. Ayni paytda olimpiyachilarimiz ushbu mutaxassis qo‘l ostida yig‘ilgan va mashg‘ulotlar olib bormoqda.

Ahamiyatli tomoni, yig‘inga “Nasaf” jamoasidan biryo‘la 10 nafar futbolchi chaqirilgan. Bular Umidjon Ergashev, Mashhurjon Muhammadjonov, SHerzod Nasrullayev, Dilshod Saidov, Ilhom Alijonov, Sharof Muhitdinov, Islom Rashidxonov, Islom Kenjaboyev, Bobir Abduholiqov va Azizjon G‘aniyevdir.

Eslatib o‘tamiz, olimpiya terma jamoamiz 14-fevralga qadar Toshkentda mashg‘ulotlar olib boradi va 15-25- fevral kunlari tayyorgarlikni Ispaniyada davom ettiradi.

J.BOYMURODOV

Batafsil

Jaloliddin Qurbonmurodov xalqaro turnir g‘olibi

1-2-fevral kunlari mamlakatimiz poytaxtda dzyudo bo‘yicha 1999-2000-yillarda tavallud topgan sportchilar o‘rtasida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy Nikolay Qo‘ldoshev xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

G'olib jamoalar O‘zbekiston chempionatiga yo‘l olishdi

Qarshi shahrida voleybol bo‘yicha 2003-2004- yillarda tug‘ilgan o‘smir bolalar va qizlar o‘rtasida viloyat birinchiligi musobaqasi o‘tkazildi.

Viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, voleybol federatsiyasi hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan turnirda viloyatning barcha shahar va tumanlaridan 24 ta jamoa ishtirok etdi.

O‘g‘il bolalar o‘rtasida qizg‘in va murosasiz kechgan bahslar natijalariga ko‘ra, Qarshi ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati yigitlari 1-o‘rinni, Mirishkor tumani jamoasi 2-o‘rin hamda Koson tumani sportchilari 3-o‘ringa munosib topildi.

Shuningdek, qiz bolalar o‘rtasida o‘tgan musobaqalarda 1-o‘ringa Qamashi tumani bolalar va o‘smirlar sport maktabi jamoasi, 2-o‘ringa Chiroqchi tumani BO‘SM voleybolchilari hamda 3-o‘ringa Chiroqchi tumanidagi Ko‘kdala BO‘SM qizlari sazovor bo‘lishdi.

G‘olib va sovrindor jamoalar tashkilotchilar tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishdi. Shu bilan birgalikda, g‘olib jamoalar 10-17 fevral kunlari Qarshi shahrida o‘tkaziladigan O‘zbekiston chempionatiga yo‘llanmani ham qo‘lga kiritishdi.

S.ALLAYOROVA

Batafsil

FOTIMA va SHOHSANAMGA "Spark" topshirildi

Ma'lumki, joriy yil 6-13 oktyabr kunlari Indoneziyaning Jakarta shahrida bo'lib o'tgan III Paraosiyo o'yinlari mamlakatimiz sportchilarining ulkan muvaffaqiyati bilan esda qolgandi. Ushbu yirik musobaqada eng ko'p medal suzish sport turi bo'yicha jamg'arilgani ahamiyatli. Ularni qo'lga kiritishda viloyatimiz vakillari ham alohida jonbozlik ko'rsatishgandi. O'shanda mohir suzuvchilarimiz jami  10 ta oltin, 6 ta kumush, 3 ta bronza medalga ega chiqishgan.

Batafsil

Ikkita birinchi o'rin va osiyo chempionatiga ikki yo'llanma


Joriy yilning 21-28 noyabr kunlari Farg'ona viloyatida 2003-2004 yillarda tug'ilgan yosh sportchilar o'rtasida boks bo'yicha O'zbekiston kubogi musobaqasi bo'lib o'tdi.

Mazkur musobaqada viloyatimizdan ham 12 nafar yosh bokschi munosib ishtirok etib, sovrinli o'rinlarga da'vogarlik qilishdi.
Jumladan, 60 kilogramm vazn toifasi bahslarida ishtirok etgan Azizbek Tojiev barcha raqiblarini ishonchli tarzda mag'lub etib, shohsupaga ko'tarilgan bo'lsa, yana bir yosh bokschimiz Azizbek Samadov 70 kilogramm vazn toifasida kechgan bahslarda raqiblari ustidan yaqqol ustunlikka erishib, birinchi o'rinni egalladi.
Har ikkala bokschi Qarshi ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatining boks bo'limi o'quvchilari.
- Bu mening ikkinchi bor qo'lga kiritgan ishonchli yutug'im bo'ldi, - deydi Azizbek Samadov. - O'tgan yili Termiz shahrida o'tkazilgan kubok bahslarida ham ishtirok etib, 66 kilogramm vaznlilar orasida g'olib bo'lgan edim. Bu galgi musobaqa davomida 5 nafar raqibimni tezkor hujumda ushlab turib, natijada mag'lub qilishga erishdim. Keyingi musobaqalarda ham ana shunday yutuqni takrorlash uchun harakat qilaman.
  Ahamiyatlisi, har ikkala yosh bokschimiz respublika terma jamoasi a'zosi sifatida  Osiyo chempionatiga yo'llanmani ham naqd qilib qo'ydi.
Dilfuza JUMAYEVA
Qashqadaryogz.uz ma'lumotlari asosida


Batafsil

“Sevinch” o'n karra O'zbekiston Kubogi sohibi

Qarshining “Sevinch” jamoasi o'n etti marta o'tkazilgan O'zbekiston Kubogi musobaqasining o'ninchi bor sohibi bo'ldi

Kecha Olmaliqning AGMK stadionida ayollar futboli bo'yicha O'zbekiston Kubogining final uchrashuvi o'tkazildi. Unda kubok o'yinlarida o'n to'rtinchi marotaba maydonga tushgan “Sevinch” jamoasi ilk bor finalda qatnashayotgan Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasiga qarshi kurash olib bordi.

Mamlakatimizda ayollar futboli bo'yicha tajribali sanalgan Edita Mirobidova boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqargan o'yinda Vladislav Xan ustozligidagi “Sevinch” jamoasi maydonda tashabbusni to'la o'z qo'liga olgan holda, raqiblarini yirik hisobda mag'lubiyatga uchratishning uddasidan chiqishdi. To'plarga Shahnoza Qurbonova hamda mamlakat chempionati to'purari Nilufar Qudratova (ikki bor) mualliflik qilishdi.

G'olib jamoaga bosh sovrin hamda esdalik sovg'alarini O'zPFL bosh direktori o'rinbosari Dilshodbek Hayitmetov va Sport bo'limi etakchi mutaxassisi Alisher Fayzievlar topshirishdi.

“SYEVINCh” - “SO'G'DIYoNA” - 3:0



Hakamlar: Edita Mirobidova, Xayriniso Erkinova, Aleksandra Konchikova, Anna Sidorova.

“Sevinch”: Laylo Tilavova, Feruza Boboxo'jaeva (Shodiya Tosheva, 63), Oliya Ahmedova, Maftuna Shoyimova, Gulzoda Amirova, Shahnoza Qurbonova, Tanzilya Zarbieva, Maftuna Panjieva, Laylo Shodieva, Malika Burhonova, Nilufar Qudratova.

“So'g'diyona”: Mohinur Husanova, Lidiya Sema, Nasiba Xojieva, Aziza Norova, Mahfuza Turopova (Zebiniso Halimova, 78), Sitora Taqaboeva (Dinara Payziqulova, 85), Aziza Norboeva (Dilafruz Toshpo'latova, 89), YEkaterina Salnikova, Nafisa Nabiqulova, Shahlo Qodirova, Albina Boboqulova (Mahliyo Nazarqulova, 80).

Gollar: Shahnoza Qurbonova (37), Nilufar Qudratova (43, 58).

Ogohlantirishlar: Mahfuza Turopova (69), Aziza Norova (80).

Nazoratchi: Valentin Shashkov.

Komissar: Alisher Fayziev.

Ikki og'iz Kubok haqida. 2002 yildan buyon muntazam ravishda o'tkazilib kelinayotgan Kubok o'yinlarida bosh sovrinni eng ko'p aynan “Sevinch” jamoasi qo'lga kiritgan. Agar, dastlabki uch mavsumda Kubok faqat “Andijanka” jamoasiga nasib etgan bo'lsa, Vladislav Xan shogirdlari avvaliga ketma-ket to'rt marotaba g'olib bo'ldi, orada (2009 yil) Miron Kim ustozligidagi “Andijanka” jamoasi bir bor “ko'rinish” berdi-yu, bunisi hozircha oxirgisi bo'lib turibdi. “Sevinch” yana ketma-ket to'rt bora muvaffaqiyat qozongach, keyingi yillarda unga jiddiy raqobatchi paydo bo'ldi – “Metallurg”. 2014 yildan buyon bosh sovrin goh “Sevinch”ga o'tdi, gohida “Metallurg”ga. Bu orada bekobodliklar ham uch bor Kubok sohibi sifatida a G'o'bekiston ayollar futboli tarixiga muhrlandi.



Biroq bu yilgi bahslarda “Sevinch” “Metallurg”ning yurishini yarim finaldayoq to'xtatdi va finalga yo'llanma oldi. Hal qiluvchi bahsda esa qarshiliklarga ilk bor bunday sharafga sazovor bo'layotgan “So'g'diyona” jamoasi ro'baro' keldi. O'yinning qanday tugaganidan esa xabaringiz bor.

Superkubok haqida

Ayollar o'rtasida Superkubok o'yinlari 2015 yildan o'tkazilmoqda. Dastlab uchrashuvlar uy va safar o'yinlaridan iborat bo'lgandi. Kelasi yildan esa bitta qilib belgilandi. Shu kungacha Superkubok mamlakatimizning ikki jamoasiga teng taqsimlangan - “Sevinch” (2015, 2017 y.) hamda “Metallurg” (2016, 2018 y.).

Ayollar o'rtasida O'zbekiston Kubogi sohiblari:

2002 yil – “Andijanka” (Andijon)
2003 yil – “Andijanka” (Andijon)
2004 yil – “Andijanka” (Andijon)
2005 yil – “Sevinch” (Qarshi)
2006 yil – “Sevinch” (Qarshi)
2007 yil – “Sevinch” (Qarshi)
2008 yil – “Sevinch” (Qarshi)
2009 yil – “Andijanka” (Andijon)
2010 yil – “Sevinch” (Qarshi)
2011 yil – “Sevinch” (Qarshi)
2012 yil – “Sevinch” (Qarshi)
2013 yil – “Sevinch” (Qarshi)
2014 yil – “Metallurg W” (Bekobod)
2015 yil – “Metallurg W” (Bekobod)
2016 yil – “Sevinch” (Qarshi)
2017 yil – “Metallurg W” (Bekobod)
2018 yil – “Sevinch” (Qarshi)

O'zA


Batafsil

Muborak tumanidagi harbiy qismda sport-sog'lomlashtirish maskani va madaniyat saroyi foydalanishga topshirildi

      Mamlakatimizda Qurolli Kuchlar tizimida olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar samarasida professional milliy armiya shakllanib, mustaqilligimizning mustahkam qalqoniga aylandi. Binobarin  mas'uliyatli va sharafli burchlarini sidqidildan bajarib kelayotgan harbiy xizmatchilarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, yashash va xizmat vazifalarini o'tashlari uchun munosib shart-sharoitlarni yaratish masalalariga alohida e'tibor qaratilmoqda.
         Ma'lumki, istiqlol yillarida barcha sohalarda bo'lgani kabi professional milliy armiyani barpo etish yuzasidan ham izchil va tub islohotlar olib borildi va olib borilmokda. Islohotlar samarasini esa mustaqillikning mustahkam qalqoni bo'lgan qudratli Qurolli Kuchlarimiz misolida kurib turibmiz. Bunday yuksak yutuqlarga erishishimizda yildan yilga takomillashib borgan sohaga oid qonunlarning salmoqli o'rni bor albatta. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tomonidan qabul qilingan Farmon va Qarorlarga asosan Qurolli kuchlar sohasida keng qamrovli islohotlar amalga oshirilib kelinmoqda. Buning isbotini Muborak tumanida joylashgan “N”-harbiy qism misolida ham ko'rish mumkin. Xususan  o'tgan bir yil davomida harbiy qismga qarashli bo'lgan inshootlar qaytadan ta'mirlandi hamda uning hududida yangidan ko'rkam sport sog'lomlashtirish maskani va madaniyat saroyi qurilib, zarur asbob anjomlari bilan jixozlandi. 
           Qashqadaryo viloyati hokimligi matbuot xizmatining  Kun.uzga ma'lum       qilishicha, ko'rinishi ko'rkam va barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan harbiy qismda inshootlar qaytadan ta'mirlanib, sport-sog'lomlashtirish maskani va madaniyat saroyi qurilib, foydalanishga topshrilgani misolida ko'rish mumkin.
      Ushbu marosimda viloyat hokimi Zafar Ro'ziev ishtirok edi va so'zga chiqdi. Tadbirda so'zga chiqqan viloyat hokimi mamlakatimizda Prezidenti Shavkat Mirziyoev boshchiligida harbiy sohada va unda xizmat qilib kelayotganlarning oila–a'zolari uchun yaratilgan shart-sharoitlar xususida so'z yuritdi. Shuningdek u harbiy qismda qurilish ishlarini olib borgan tashkilotlar raxbarlari va qurish va ta'mirlash ishlarida ishtirok etganlarga minnatdorchilik bildirdi. Tadbirda harbiy qism  harbiy xizmatchilari uchun viloyat hokimligi nomidan 15 ta kompyuterlar jamlanmasini sovg'a sifatida tantanali ravishda topshirdi.
        Tadbir yakunida viloyat musiqali drama teatri rejissyori O'zbekiston Respublikasi san'at arbobi Isoq To'raev boshchiligida harbiy qismning foydalanishga topshirilgan madaniyat saroyida “Ta'zim qil” deb nomlangan konsert dasturi namoyish etildi. Konsert dasturida viloyatda tanilgan san'atkorlar tomonidan Vatanni, mardlikni, do'stlikni, muhabbatni madh etuvchi kuy-qo'shiqlar ijro etildi. San'atkorlar tomonidan ijro etilgan  jozibali qo'shiqlarga harbiy qism askarlari raqsga tushdilar. Namoyish etilgan konsert dasturi harbiy xizmatchilarga bir olam shodlik ulashish bilan birga ularni qalbida vatanni sevishga bo'lgan his tuyg'ularini yanada kuchaytirdi. 


Batafsil

Qashqadaryoda sport musobaqalari bo'lib o'tmoqda


2018 yil 25 sentyabr kuni Shahrisabz tumanida 1-oktyabr “O'qituvchi va murabbiylar kuni”ga bag'ishlab vatanparvarlik harbiy sport maktabi o'quvchilari  (2005-2006, 2007-2008, 2009-2010 yillarda tug'ilgan qizlar va o'smirlar) o'rtasida  marafon musobaqasi o'tkazildi.
    Musobaqada Mo'minobod qishlog'i bekati start qismi, Chorshanbe TIP-2 sport inshooti finish qismi etib belgilandi. Musobaqa Shahrisabz tuman Jismoniy tarbiya va sport bo'limi rahbarligi ostida bo'lib o'tdi. Tuman Musobaqada jami 200 (shundan 45 nafari qizlar)nafar yoshlar ishtirok etishdi.
    Musobaqa natijalariga ko'ra:
1-o'rin Shahrisabz tuman vatanparvarlik harbiy sport maktabi
2-o'rin Yakkabog' tumani vatanparvarlik harbiy sport maktabi
3-o'rin Kitob  tumani vatanparvarlik harbiy sport maktab jamoalariga nasib etdi.
Musobaqa ishtirokchilari tuman Jismoniy tarbiya va sport bo'limi hamda vatanparvarlik harbiy sport maktabi rahbariyati tomonidan diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.


Batafsil

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 131 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family