wrapper

Maxsus imkoniyatlar

Bugun dunyoning ko‘plab mamlakatlarida achchiq qalampir yetishtirish keng ommalashgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, sayyoramizda yiliga 4,4 million gektar maydonga achchiq qalampir ekilib, 68,3 million tonna hosil olinadi. Indoneziya, Xitoy va Meksika kabi davlatlar achchiq qalampir yetishtirish orqali juda katta daromad ko‘rmoqda.

 

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, achchiq qalampir nafaqat taomga ta’m beruvchi va ishtaha ochuvchi ziravor, balki foydali vitaminlarga boy, immunitetni oshiruvchi mahsulot, shu bilan birgalikda, farmatsevtika sanoatida muhim xomashyo sifatida ham qadrlanadi. Rossiya, Janubiy Koreya, Hindiston, Indoneziya, Turkiya, Polsha, Gruziya, Moldova kabi davlatlar har yili katta miqdorda achchiq qalampir import qilishmoqda.

Bizda esa jahon bozorida talabgir bo‘lgan ushbu mahsulotni yetishtirish imkoni mavjud. Yurtimiz iqlim sharoitida 1 gektar yerdan o‘rtacha 20 tonna, quritilgan holatda esa 5 tonna achchiq qalampir hosili olish mumkin. Bir tonna mahsulotning narxi ayni paytda dunyo bozorida 8 ming AQSH dollaridan yuqori. Bu 1 gektar yerda yetishtirilgan hosilni kamida 40 ming dollarga sotish mumkin deganidir. Yetishtirish va eksportga tayyorlash uchun sarflangan barcha xarajatlarni chiqarib tashlaganda ham foydaning salmog‘i yaxshigina bo‘ladi.

Shundan kelib chiqqan holda, mamlakatimizda achchiq qalampir hosili yetishtirishni ommalashtirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Shunga monand, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-yanvardagi “Respublikada xorij tajribasi asosida achchiq qalampir yetishtirishni ko‘paytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, joriy yilda mamlakatimizning 6 ta hududi – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo hamda Buxoro, Farg‘ona, Namangan, Xorazm viloyatlaridagi katta maydonlarda achchiq qalampir parvarishlanayapti. Xususan, bugungi kunda viloyatimizning o‘zida fermer va dehqon xo‘jaliklari, eksportchi korxonalar tomonidan 5 ming gektardan ortiq hududda achchiq qalampir ekilgan.

Birgina “Brand Investment Group” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan Mirishkor tumanining o‘zida 2 ming gektar, Qarshi tumanida esa 100 gektar maydonda achchiq qalampir yetishtirilmoqda.

– Ushbu o‘simlikni parvarishlash agrotexnikasini sifatli amalga oshirish uchun Hindiston va Indoneziya davlatlaridan tajribali mutaxassislarni jalb etdik, - deydi jamiyat agronomi Ahror Jo‘rayev. - Urug‘larni ham Hindistondan olib kelganmiz. Chunki importchi davlatlar mahsulotni sotib olishda uning achchiqlik darajasiga e’tibor qaratishadi. Ushbu qalampir navlarining achchiqligi esa dunyo standartlariga to‘liq javob beradi.

Jamiyat tomonidan mart oyining ilk kunlarida 80 gektar maydonga issiqxona sharoitida qalampir urug‘lari ekilib, nihol tayyorlangan edi. Ayni paytda ko‘chatlar ochiq maydonga ekilib, dastlabki ishlov boshlab yuborilgan. Shu bilan birgalikda, viloyatdagi ko‘plab fermer xo‘jaliklari bilan agroklasster usulida hamkorlik yo‘lga qo‘yilib, ko‘chat yetkazib berilmoqda. Kelgusida loyihani yanada rivojlantirish, faoliyatga innovatsion texnologiyalarnijoriy etish choralari ko‘rilayapti.

- Achchiq qalampir yetishtirishning ham o‘ziga yarasha qiyinchiliklari bor, - deydi jamiyat ish yurituvchisi Bobur Abdumavlonov. – Masalan, ushbu ekin o‘sish jarayonida 12-14 marotabagacha suv ichadi. Yerda doimo namlik yetarli miqdorda saqlanib turishi lozim. Bizning sharoitda esa bu ishni uddalash oson emas. Shu bois, kelgusida namlikni saqlovchi va suv tejamkorligiga asoslangan texnologiyalardan foydalanishni rejalashtirganmiz. Bu borada xorijlik hamkorlar bilan kelishuvga erishib, zarur jihozlarni olib kelayapmiz. Bundan tashqari, ekin maydonlarini yanada kengaytirish ham asosiy rejalarimizdan biri. Ayni paytda Mirishkor va Qarshi tumanlaridan tashqari, Koson, Yakkabog‘, Kitob tumanlarida ham eksportbop poliz, meva-sabzavot va ziravorlarni yetishtirish bo‘yicha ish olib borayapmiz.

Albatta, bunday loyihalar qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish ko‘lamini ko‘paytirish, daromad miqdorini oshirishbilan bir qatorda, hudud aholisining foydali ish bilan band bo‘lishini ta’minlaydi. Mirishkor tumani misolida oladigan bo‘lsak, ushbu loyihaning yo‘lga qo‘yilishi asosida yuzdan ortiq kishi muqim ish o‘rniga ega bo‘lgan. Qolaversa, zaruratga qarab yuzlab mavsumiy ishchi kuchidan foydalanilayapti. Bu doimiy ish bilan band bo‘lmagan kishilarga qo‘shimcha daromad topish imkonini bermoqda.

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 149 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Bosh sahifa

Qabul kunlari

A- A A+

Rahbariyatga murojaat etish

Rahbariyatga murojaat etish

Viloyat hokimligining umumiy bo'limiga murojjat etish (Yangi oynada ochiladi)

Mobil versiya

Mobil versiyaga o'tish

Bog'lanish

Ishonch telefon raqami 
0(371) 200-55-05 
Ishonch telefon raqami reglament
Yagona telefon raqami
0(375) 221-07-60 
Yagona telefon raqami reglamenti

Batafsil>>>

Biz bilan bog'lanish

Sahifa adressi

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family