wrapper

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, viloyatimizda 462 ming 606 xonadon 55 ming 964 gektardan ortiq tomorqa yeriga egalik qiladi. Bu mana shuncha oila qo‘shimcha daromad topish borasida katta imkoniyatga ega ekanligini anglatadi. Ana shu imkoniyatdan unumli foydalanish, yerdan yaxshi daromad olib, ham bozorlarimiz ma’murchiligi, ham o‘z oilasi farovonligini ta’minlash tomorqa egalarining harakatiga, mehnatiga bog‘liq.

 

Bugun buni to‘g‘ri anglab mehnat qilayotgan, bir parcha yerdan katta daromad olib, oilasi farovonligini ta’minlayotgan yurtdoshlarimiz soni tobora ko‘payib bormoqda. Aholi tomorqadan samarali foydalanish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish borasidagi tashabbuslarning samarasini o‘z hayotida his etmoqda, boqimandalik kayfiyatidan qutulib, yaxshi ishlab, chiroyli turmush kechirishga harakat qilayapti. Bugun qaysi qishloq yoki mahallaga bormang, odamlardagi ishtiyoq, intilishni ko‘rib, bunga amin bo‘lasiz.

- 20 sotix atrofida tomorqa yerimiz bor, - deydi Koson tumani Quyi Obron mahallasilik Xolmurod Ernazarov. – O‘zim hududdagi xususiy tashkilotlardan birida mehnat qilaman. Turmush o‘rtog‘im ham tuman tibbiyot birlashmasida ishlaydi.4 nafar farzandimiz bor. Ularning barchasi o‘qish, ish bilan band. Shunga qaramasdan, barchamiz bo‘sh vaqt bo‘ldi deguncha tomorqa ishiga kirishamiz. Chunki ro‘zg‘orga kelayotgan daromadning katta qismi ana shu tomorqadan.Har yili sarimsoqpiyoz, piyoz, sabzi, sholg‘om kabi ekinlarni ekib, avvalo o‘z ehtiyojimizni ta’minlaymiz, qolganini bozorda sotamiz. Bundan tashqari, muntazam ravishda 5-6 boshqoramol boqamiz. Shuning ortidan farzandlarni o‘qitayapmiz, uy-joyli qilayapmiz, mana, yangi mashina oldik. Faqat maoshga qarab o‘tirsak, tomorqadan kelayotgan shuncha daromadni kim beradi?!

Ta’kidlab o‘tish joizki, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 18-19-mart kunlari Samarqand viloyatiga tashrifi chog‘ida odamlarning tomorqa madaniyatini oshirish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishning ahamiyati haqida gapirib, “Dunyoda harakatsiz boy bo‘lgan davlat ham, xonadon ham yo‘q-ku! Biz ham farovonlikka faqat o‘z mehnatimiz, o‘z harakatimiz bilan erishishimiz mumkin” deya ta’kidlab o‘tgan edi.

Darhaqiqat, bugun bizga har tomonlama yaqin bo‘lgan Xitoy, Yaponiya kabi davlatlar ham o‘z-o‘zidan rivojlanib ketmagan. Oddiy odamlardagi mehnatkashlik, tadbirkorlik ruhi, yangilikka chanqoqlik, izlanish, intilish bu davlatlarning taraqqiyotiga bosh omil bo‘lmoqda. Vaholanki, bizdagi yer va iqlim sharoiti tadbirkorlik uchun ham, dehqonchilik uchun ham bu davlatlardagidan kam emas. Serquyosh zaminimizda yetishtirilgan sarxil meva-sabzavotlar o‘zining xush ta’mi va tabiiy darmondorilarga boyligi bilan ajralib turadi. Mahsulot tashqi bozorda ham, ichki bozorda ham birdek xaridorgir. Uni yetishtirish ortidan millionlab daromad qilish mumkin. Tajribali tomorqachilarimiz bu ishni allaqachon uddalashmoqda.

Kitob tumanining Ochamayli qishlog‘ida istiqomat qilayotgan Alibek Zoidovni ham ana shunday tomorqachilar sirasiga kiritish mumkin. Boisi, u ancha yosh bo‘lishiga qaramay, tomorqa ishini to‘g‘ri yo‘lga qo‘ygan. Buning ortidan kelayotgan daromad ham shunga yarasha.

- 12 sotix tomorqa yerimiz bor, - deydi Alibek. – Har yili ana shu yerda sarimsoqpiyoz, piyoz, kartoshka kabi oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtiramiz. Ekinning qaysi turini yetishtirish, uning qancha muddatda tayyor bo‘lishiga qarab, yerdan ikki, uch marotabagacha hosil olamiz. Umumiy hisobda aytganda, ana shu tomorqaning o‘zidan bir yilda kamida 15 million so‘m daromad qilamiz. Bundan tashqari, bog‘dorchilikda ham yaxshi tajribam bor. Hozirgi vaqtda 50 sotix tokzorni ijara asosida ishlatib kelayapman. Bundan ham anchagina foyda olaman. Bir so‘z bilan aytganda, shu yerda, dehqonchilikning ortidan ayrimlar xorijda ishlab topayotgan daromaddan ikki-uch hissa ko‘proq topmoqdaman.

Albatta, tomorqachi avvalo daromad qilishni o‘ylaydi. Ekin ekadi, o‘zi, oilasi a’zolari foydali ish bilan band bo‘ladi. Natijada ro‘zg‘orga qo‘shimcha daromad keladi, uning farovonligi ta’minlanadi. Yana bir muhim jihati esa, bu faoliyat ortidan oziq-ovqat mahsulotlarining mo‘l-ko‘lligi, serobligi ta’minlanadi. Birgina misol, 2017-yilda viloyatimizda yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 61,2 foizi aynan shaxsiy yordamchi xo‘jaliklar hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu esa sohadatomorqachilarning ulushi oshib borayotgani, bozorlarimizda sarxil mahsulotlar to‘kinligining asosiy ta’minotchisi ham ular ekanligini anglatadi.

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 194 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Bosh sahifa

Qabul kunlari

Rahbariyatga murojaat etish

Rahbariyatga murojaat etish

Viloyat hokimligining umumiy bo'limiga murojjat etish (Yangi oynada ochiladi)

Mobil versiya

Mobil versiyaga o'tish

Bog'lanish

Ishonch telefon raqami 
0(371) 200-55-05 
Ishonch telefon raqami reglament
Yagona telefon raqami
0(375) 221-07-60 
Yagona telefon raqami reglamenti

Batafsil>>>

Biz bilan bog'lanish

Sahifa adressi

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family