wrapper

Maxsus imkoniyatlar

Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Qashqadaryodagi hududiy tayyorlov bo‘limi o‘z faoliyatini yangi binoda olib bormoqda.

Prezidentimizning joriy yil 12-apreldagi O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida ikki tomonlama strategik hamkorlik va sherikchilik munosabatlarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori ijrosi doirasida “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati va I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti o‘rtasida tuzilgan o‘zaro kelishuv memorandumi asosida Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti qoshida rus tilini chuqurlashtirib o‘qitishga mo‘ljallangan tayyorlov kurslari tashkil etilgan edi.

Dastlab, rus tili chuqurlashtirib o‘qitiladigan kurslarda o‘qish istagini bildirgan o‘rta maxsus ta’lim muassasalarining 2 ming 288 nafar o‘quvchisidan 800 dan ziyodi saralab olindi. Rus tilini o‘rganish bo‘yicha uch oylik tayyorlov kursida o‘qitilgan o‘quvchilar joriy yilning 3-7-oktabr kunlari hududiy tayyorlov bo‘limiga qabul qilish uchun test sinovlaridan o‘tkazildi. Test sinovlaridan 342 o‘quvchi muvaffaqiyatli o‘tdi.

Mazkur o‘quv bo‘limi uchun Qarshi shahridagi “Hisorneftgaz” tashkiloti binosining 3-qavatidan joy ajratilib, kapital ta’mirlandi. Tinglovchilar uchun mo‘ljallangan 14 xonaning barchasi zamonaviy o‘quv jihozlari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan ta’minlandi. Tumanlardan keladigan tinglovchilarga qulaylik yaratish maqsadida hududiy tayyorlov bo‘limining Shahrisabz, Kitob, Muborak, G‘uzor va Qamashi tumanlarida ajratilgan kasb-hunar kollejlari negizida hududiy filiallari ham tashkil etildi.

Ayni paytda tayyorlov bo‘limida viloyat bo‘yicha 342 nafar tinglovchi ta’lim olmoqda. Xususan, Qarshi shahridagi hududiy tayyorlov bo‘limida 146 tinglovchi 10 guruhga bo‘lingan holda matematika, fizika va rus tili fanlarini chuqur o‘rganmoqda. Darslar to‘liq rus tilida olib borilayotir.

– Tayyorlov bo‘limidagi ta’lim uslubi menga juda yoqdi, – deydi Qarshi axborot texnologiyalari kolleji o‘quvchisi Saidolim Mirzayev. – Avvalo, tartib-intizomga alohida e’tibor qaratiladi. Kollejdagi darslarimga ham xalaqit bermaydi. Har ikki oyda I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti o‘qituvchilari kelib test sinovlaridan o‘tkazishadi va o‘zlashtirish darajasini aniqlashadi. Bu yerda sakkiz oy davomida ta’lim olamiz. Shundan so‘ng I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti va uning filiallarida imtihondan o‘tib, o‘qishni davom ettirishimiz mumkin bo‘ladi. Agar imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘ta olmasak, yurtimizdagi oliy o‘quv yurtlariga bemalol hujjat topshirishimiz ham mumkin. Kelajakda neft-gaz sohasi bo‘yicha malakali mutaxassis bo‘lib yetishishni maqsad qilganman.

More in this category: « Kollejda ishlab chiqarilgan

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 159 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Bosh sahifa

Qabul kunlari

A- A A+

Rahbariyatga murojaat etish

Rahbariyatga murojaat etish

Viloyat hokimligining umumiy bo'limiga murojjat etish (Yangi oynada ochiladi)

Mobil versiya

Mobil versiyaga o'tish

Bog'lanish

Ishonch telefon raqami 
0(371) 200-55-05 
Ishonch telefon raqami reglament
Yagona telefon raqami
0(375) 221-07-60 
Yagona telefon raqami reglamenti

Batafsil>>>

Biz bilan bog'lanish

Sahifa adressi

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family