wrapper

Rasmiy chiqishlar va bayonotlar

Qadrli mehmonlar!
    Avvalo barchangiz necha-necha allomalar, kuragi erga tegmagan polvonu chavandozlar yurti bo'lgan Qashqadaryoga xush kelibsiz!
    Barchangizni muborak Ramazon oyi bilan samimiy muborakbod etaman!
    Azizlar!
Bizning tinch va taboro  chiroy ochib borayotgan yurtimizning har kuni yangi-yangi voqeliklar bilan boyib bormoqda. Zamonaviy va go'zal inshootlar, bolalarimiz uchun muxtasham sport va san'at saroylari, shaharu qishloqlarda aholi uchun turar joylar, maktablar, kasalxonalar qurilishi xalqimizga cheksiz imkoniyat va albatta, quvonch hadya etmoqda.
    Bugun ham barchamiz yana bir unutilmas voqeaning guvohi bo'lib turibmiz. Shaxsan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoevning tashabbuslari bilan Yakkabog' tumanida yangidan barpo etilgan Qorabayir zotli otlarni ko'paytirishga ixtisoslashtirilgan majmuasi  ish boshladi.
Bu quvonchli xabar nafaqat viloyatimiz, balki mamlakatimiz ahlini ham juda quvontirdi. Chunki, xalqimiz uchun ot – nihoyatda qadrli jonivor hisoblanadi. Qadim-qadimdan otinsonning chin do'sti, er yigitning qanoti, deb hisoblangan. Sohibqiron Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi bobolarimizning eng yaqin yo'ldoshi ot bo'lgan. Alpomish kabi xalq qahramonlarining oti haqidagi afsonalarni  xalqimiz hali-hamon sevib  aytib yurishadi.
Yana bir tarixiy qahramonimiz, turkiy elatning afsonviy hukmdori Alp Er To'nganing forscha nomi –Afrosiyob. Bu so'z ham “qora otli kishi” ma'nosini berishi ilmiy adabiyotlarda qayd etilgan. Bir so'z bilan aytganda, ajdodlarimiz azaldan ot o'ynatib, egar ustida ulg'aygan. Hanuzgacha nuroniylarimiz ot parvarishlangan xonadon fayz-barakali bo'lishini bot-bot uqtirishadi. Hozirgacha vohamiz to'ylarida, bayramlarida  ko'pkari  o'yini haqiqiy mardlar o'yini sifatida o'tkazib kelinadi.
        Lekin, so'nggi yillarda bu soha nisbatan e'tibordan chetda qolib kelayotgan edi. Barcha sohalarga bo'lgan e'tiborlari kabi, muhtaram Prezidentimizning yilqichilikni rivojlantirishga ham alohida e'tibor qaratishi xalqimiz ruhiyatini ko'tarib yubordi. O'tgan yilning 15 iyunida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning  “O'zbekiston Respublikasida yilqichilik va ot sportini rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi qarori qabul qilindi. Ochig'ini aytish kerak, bu hujjat mustaqillik yillarida e'lon qilingan tarmoqqa oid ilk tarixiy hujjat bo'ldi.
Davlatimiz rahbarining yilqichilikni rivojlantirish orqali yurt ravnaqi, aholi turmush farovonligini ta'minlash va bandlik darajasini oshirish yo'lidagi sa'y-harakatlari tahsinga loyiqdir.
Bu majmuani barpo etishda muhtaram Prezidentimizning o'zlari  alohida  mehr va g'urur bilan yondoshdilar desak, mubolag'a bo'lmaydi.  Zotdor otlarni boqish, tarbiyalash va ot sporti musobaqalarini o'tkazishga mo'ljallangan ushbu yirik majmua Yakkabog' tumanida barpo etildi. 5,7 gektar maydonni egallagan zamonaviy majmuada turli musobaqalar o'tkazish mumkin. Xususan, ot sporti musobaqalarini o'tkazishga mo'ljallab barpo etilgan ikkita ochiq va yopiq maydon qishin-yozin birdek musobaqalar o'tkazish, mashg'ulotlar olib borish imkonini beradi. O'yingohlaryonidaesaharbiriga 50 tadan ot sig'adigan 4 otxonabarpoetildi. Ularda 100 sport otiparvarishlansa, yana 100 bosh yosh ot doimiyravishdatarbiyalanib, kelgusi sport musobaqalarigatayyorlabboriladi. Shuningdek, buerdadoimiy sport musobaqalario'tkazilishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratildi.
   


Aziz do'stlar!
    Dunyoda otlarning turlari ko'p. Lekin, nega aynan Qorabayir zotli otlarni ko'paytirishga e'tibor qaratildi... Chunki, bu zotli otlar chidamli, har qanday sharoit va muhitga moslashuvchanligi bilan alohida ajralib turadi. Xususan, qorabayirlar na tog', na dashtni pisand qiladi. Ochlik ham, suvsizlik ham ularga pesh emas. Izg'irinu jaziramaga ham parvo qilmay yo'lning tanobini tortib boraveradi, qorabayirlar uchun masofaning uzoq-yaqinligi ahamiyatsiz. Qorabayir yuk tashishga mo'ljallangan zotdor og'ir otlardan qolishmaydi, chopqirlik bobida esa toza qonli uchqur tulporlar bilan bahs boylashadi.  Shu sababli ham Qorabayir zotli otlarning dovrug'i etti iqlimga yoyilgan. Xitoy imperatorlari bizning bu samoviy tulporlarni qo'lga kiritish uchun mamlakatimizga alohida harbiy yurishlar qilgani ham tarixiy haqiqatdir. Mashhur Gerodotasarlarida ham qorabayir zotli otining vatani O'zbekiston ekani tan olingan.
    Qadrli do'stlar!
    Tog' va sahro tutashgan, doimo qizg'in savdo yo'lida joylashgan, O'rta Osiyoda asrlar bo'yi asl zotli tulporlar etishtirish tajribasi to'plangan. Qorabayir oti haqli ravishda jahon yilqichiligining gavhari hisoblanadi.
. Yilqichilik qiyin va mas'uliyatli ish. Zero, otlaro'tanozikparvarishnitalabetadi. Vaqtidaoziqlantirganbilanishbitmaydi. Ularga, avvalo, mehrkerak. Ya'ni, shu ishgabutunborlig'inibag'ishlaganodamgina ot bilantillashaoladi. Yilqichiliknirivojlantirishuchunyaratilayotganbu imkoniyatlarkelgusida albatta o'zsamarasiniberadi.
Ishonamanki, ushbu majmua mamlakatimizdayilqichilikva ot sportinirivojlantirish, uningmoddiy-texnik bazasinimustahkamlash, yangiavlodchavandozlarinitayyorlashvatarbiyalash, milliy ot sportiningxalqarodovrug'inioshirish borasida qo'yilgan eng qutlug' qadam bo'ldi.
Barchangizni yana bir bor bugungi ayyom bilan muborakbod etaman!
E'tiborlaringiz uchun tashakkur!


To'y-hashamlar bilan bog'liq ortiqcha xarajatlar ming-minglab oilalarning nafaqat iqtisodiy ahvoliga, balki butun hayotiga jiddiy salbiy ta'sir ko'rsatayotgani ayni haqiqat. Shu ma'noda Respublika “Mahalla” xayriya jamoat fondi va “Nuroniy” jamg'armasi faollarining to'ylar, oilaviy tantanalar hamda boshqa marosimlarni ortiqcha sarf-xarajatlarsiz va dabdabasiz o'tkazish bo'yicha Murojaati juda ko'pchilik fuqarolarimiz ko'nglidagi gap bo'ldi.
Jiddiy mulohaza qiladigan bo'lsak, bugun hayotimizda ko'payib borayotgan oilaviy mojarolar, nizo-janjallar, ajralishlar, qudalar o'rtasidagi sovuqchilik sabablari ham aksariyat hollarda aynan serxarajat to'ylarga, ular bilan bog'liq behad ortiqcha sarf-xarajatlarga borib taqaladi.
Ayni masalani Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev o'tgan 2017 yilning  3 avgustida mamlakatimiz ziyolilari bilan uchrashuvda ham o'rtaga tashlagan, “Mana, o'zinglar ko'ryapsizlar, soppa-sog' yurgan ayrim odamlar ellikka kirmasdan turib to'satdan insult bo'lyapti,  infarkt bo'lyapti. Sababini surishtirsangiz, boshqalardan qolmaslikka tirishib, katta to'y qilaman, deb qarzga botgan bo'ladi...
Eng yomoni, ayrim pul topib aql topmagan, ma'naviy saviyasi past kimsalar to'y-hashamlar, ma'rakalarni o'tkazish bo'yicha musobaqa o'ynab, turli-tuman yangi odatlarni o'ylab topyapti. Bularni eshitib, ba'zan odam hayratdan yoqasini ushlab qoladi”, degan edi. O'tgan davr ichida shu narsa oydinlashdiki, to'ylarimizni aniq bir hujjat, qonun bilan tartibga solmasa bo'lmas ekan.
Shu o'rinda jadid ma'rifatparvari Hoji Muin 
1919 yilda “To'y va aza marosimi haqinda” nomli maqolasida bildirgan fikrlarga quloq tuting: “...ilmsizligimiz sababli turli marosim va odatlar yuki ostinda ezilib, muning uchun axloqiy va moliy jihatdan g'oyat ko'b zararlar ko'rmakda bo'lg'on bir millatmiz. Bizning xalq “mol va jon ketsa ketsun, obro'i ketmasun”, deb xatna yoki nikoh va yo aza marosimini o'rung'a keturmak uchun qo'llarinda bor narsalarini 1-2 kunda barbod etadilar, qarzdor bo'lalar. Qarzlarini ado eta olmag'ach, oxiri, “molni odam topar, odamni mol topmas”, deb o'z bog' va hovlilarini sotib, qarzlarig'a beralar”.
Biroq afsuski, yillar o'tsa-da, zamon o'zgarib borayotgan bo'lsa-da, milliy taraqqiyotimizga katta to'siq va g'ov bo'lib kelayotgan bu illatga  barham berish, to'y-ma'rakalarni   ixcham, zamonaviy ko'rinishda o'tkazish o'rniga, to'ydan oldin va keyin bo'ladigan kerakli-keraksiz tadbirlarni o'ylab topish, dabdababozlik qilib, haddan ziyod isrofgarchilikka yo'l qo'yish holatlari tobora kuchayib bormoqda.
Misol uchun, Chiroqchi tumanida o'tadigan to'ylarni olaylik. To'y oldi jarayonining o'zi aqlni shoshiradi. Bilamizki, Chiroqchi tumanining aksariyat hududlarida to'ylar “maslahat oshi”dan boshlanadi. Ba'zida maslahat oshi kichikroq to'ydan ham o'tib ketadi. Xarajat borasida ham to'y egasi bor topgan-tutganini ana shu marosimdan ayamaydi. Qoidaga ko'ra, “maslahat oshi”ga kelganlar to'y kuni xizmatda bo'lishadi va shuning uchun ularga aynan “maslahat oshi”da ziyofat beriladi. Yana bir tomoni esa, to'y spirtli ichimliksiz o'tishi mumkin, biroq “maslahat oshi” usiz o'tmaydi. Boz ustiga 50 kilogramm osh damlanib, 50 kilogramm go'shtdan sho'rva pishiriladi.
Aslida ushbu marosimning mohiyati qarindosh-urug' yig'ilib, to'yni qanday o'tkazish, kimlarni chaqirish, tashkillashtirish, kunini belgilash borasida kelishib olishdan iborat bo'lsa-da, bugungi kunda u kamida yuzlab kishilar yig'iladigan va faqat bazmu jamshiddan iborat tadbirga aylanib qolganini qanday izohlash mumkin? Buncha xarajatning kimga, nimaga keragi bor?
Tumanda to'ylar odatda kunuzog'i davom etadi. Chunki bu – tartibga solinmagan, qachon boshlanishiyu qachon tugashi bilan birov qiziqmagan. Shuning uchun hamma xohlagan vaqtida  keladi. Bu to'y egasini, ayniqsa, uy bekalarini xursand qiladi, deysizmi? To'yga deb kunning istalgan vaqtida kelgan mehmon qo'shimcha tashvishni keltirib chiqarishini anglab olish qiyin emas. Ayniqsa, buni, birovga dardini aytmasa-da, boshidan o'tganlar yaxshi biladi.
Ayrim qishloqlardagi to'ylarda esa “boshlanib o'tar” degan ibora bor. Yaqin insonlarga berilgan taklifnomada albatta, shu so'z bo'ladi. Misol uchun, to'y 25 mart kuni bo'lsa, taklifnomaga “24 mart kuni boshlanib,   25 mart kuni o'tadi” deb yoziladi.   O'z-o'zidan ayonki, ikki soatda tugaydigan to'yning ikki kun davom etishi to'y egasining ham ruhiy, ham moddiy tinkasini quritadi.
Ko'pni ko'rgan, kayvoni otaxon va onaxonlar bosh bo'lib, to'ylarni ixcham, kamchiqim, zamonaviy qilib o'tkazish bo'yicha takliflar berishsa, keyin unga amal qilinsa, bundan xalqimizga faqat foyda bo'lmaydimi?
Biroq to'ydagi xarajatlarning o'zi bir balo bo'lsa, to'y oldi sarflari ham undan qolishmaydi. Keyingi vaqtda yana bir bema'ni odat paydo bo'libdiki, kuyov bo'lmish bo'lajak kelinga “egalik” qilib qo'yishi uchun albatta zirak, uzuk yoki tilla zanjir olib berarmish. Qaerdan chiqdi bunday qiliqlar? Sovchilar borib, fotiha o'qilgandir, non sindirilgandir, shu-da – egalik, ortiqcha lash-lushga nima bor?
Ota-bobolarimiz azal-azaldan ikki yosh unashtirildimi, ularning boshini bitta qilishga asosiy maqsad sifatida qaragan, dabdabali to'y emas, chiroyli turmush haqida qayg'urishgan. Hozir-chi? Turmush, ro'zg'orni yuritish haqida hech kim o'ylab ko'rmayotganday, qanday qilib bo'lmasin, hashamatga, boshqalarga o'zini ko'rsatib qo'yishga intilish kuchayganday.
Misol uchun, bo'lajak kelin-kuyov tomonidan bir-biriga to to'y o'tgunga qadar har bayram, tug'ilgan kunda falon million so'mlik sovg'a-salom yuborishning nima zarurati bor? Odatda bunday sovg'a-salomlar konfetu shokoladlar, qimmatbaho kiyimlardan iborat bo'lishini hisobga olsak, ular ikki yoshga keyingi hayotida nima naf berardi? Moddiylik insonga to'la-to'kis baxt olib kelganini kim ko'ribdiki, to'ylarda ma'naviyat emas moddiyat birlamchi ahamiyat kasb etib qoldi?!
Aksariyat hollarda fotiha to'ylari katta to'ylardan umuman qolishmaydi. Bunday to'ylarga kamida uch-to'rtta jonliq so'yiladi, 400-500 odamga ziyofat beriladi. Nima, shuni fotiha to'y deb atamasdan birdaniga, bitta to'y qilib o'tkazib yuborsa bo'lmaydimi? Binobarin, odamlar o'ziga ko'proq tashvish  orttirishni, ortiqcha xarajatni xush ko'rsa, ana unda savob ishlar, saxovat qilsin - ehtiyojmand, ta'minotida qiyinchiligi bor oilalarga yordam bersin, maktabga, bog'chaga kitob sovg'a qilsin. Axir mana shunday ishlargina haqiqiy e'tirofga loyiq emasmi?
Buyam etmaganday, fotiha to'yida ayollar to'yga keluvchilarning deyarli hammasiga sarpo-surug' tayyorlashadi. Ayniqsa, quda tomonga 3-4 kiyimlik qimmat mato, ro'mol va boshqa ustki kiyimlar, yana 20-30 ayolga kiyimlik matolar sovg'a qilinadi.
Aslida sarpo, buyum yig'ishga ruju qo'yish, ortiqcha orzu-havasga berilish nafaqat oila byudjetiga, balki yosh oilalar ma'naviyatiga ham jiddiy putur etkazishini unutmaslik lozim. Bu masalada ko'p narsa ayollarga bog'liq.
Albatta, to'y dasturxonlarining to'kin-sochinligi aholining turmush darajasi tobora yaxshilanib borayotganidan ham dalolat. Ammo isrofgarchilik, uvol yomon. Taxminiy hisob-kitoblarga ko'ra, ayni paytda to'yxonalarda bir nafar mehmon uchun xarajatlar o'rtacha 40-50 ming so'mni tashkil etarkan. Nikoh to'ylariga o'rtacha 400-500 nafar (ayrimlarida bundan ham ko'p) mehmon keladi. Bu degani to'y egasi 15-20 million so'm (san'atkorlar va shunga o'xshash xizmatlarni hisoblamaganda) sarflaydi degani. Shu bilan xarajatlar tugasa qani. Hali oldinda “kelin salom”, “ota ko'rdi”, “kuyov oshi”, “kelin chaqirdi” singari marosimlar bor. To'y kuni kelolmaganlar “qulluq bo'lsin”ga keladi, oqibatda uy egasi qaytadan dasturxon tuzagan, jonliq so'ygan. Ko'rinib turibdiki, bitta to'yga sarf bo'ladigan pul kamxarjroq oilani tubsiz jarga uloqtiradi.
Xo'sh, dabdabali to'y qilgan odamning topgani nimayu yo'qotganlari nima? Topgani – quloq eshitmagan, ko'z ko'rmagan amallar orqali keladigan bir kunlik “obro'”. Yo'qotganlarining esa sanab adog'iga etib bo'lmaydi. Ko'rayapmiz. To'ydan keyin oylab qora qozonning qaynashi qiyin kechayotgan, janjalu nizodan boshi chiqmay qolgan oilalar ham bor, afsuski. Bularga kim  aybdor? Avvalo, o'zimiz. Chunki ortiqcha dabdababozlikni, isrofgarchilikni o'zimiz xohladik, o'zimiz shunga yo'l qo'yayapmiz.
To'yu marakalarni tartibga solish borasida targ'ibot tadbirlari to'xtab qolgan emas. Ayrim uchrayotgan salbiy holatlar joyiga borib o'rganilgan, ortiqcha dabdabaga berilgan kishilarga qilayotgan ishlari to'g'ri emasligi bo'yicha tushuntirishlar berilgan. Biroq kamxarj, ixcham to'ylar haqida odamlarning o'zida to'g'ri, ongli munosabat shakllanmasa, bu borada ijobiy natijalarga erishib bo'lmas ekan. Natijada to'ylarni ixchamlashtirish me'yoriy hujjat asosida tartibga  solinishiga zarurat tug'ilgandi.
To'y-ma'rakalar millatimizning azaliy qadriyatlari va an'analarini namoyon etadigan ko'zgu ekan, ularni yuksak ma'naviy mezonlarga munosib tarzda o'tkazaylik. Bu ezgu ishga hamma birday bosh qo'shishi lozim, hech kim o'zini chetga olishi, menga buning daxli yo'q, deb loqayd bo'lishi mumkin emas. Zero, to'y va marosimlar shaxsiy ish emas, mamlakat va millat taqdiriga daxldor ijtimoiy ahamiyatga ega masaladir.
Zafar RO'ZIYEV, viloyat hokimi, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zosi


“2700 yildan ziyod tarixga, qadimiy madaniyat va sivilizasiya
durdonalariga ega bo'lgan Qashqadaryo zamini bizga Yaratganning
marhamati bilan ato etilgan bebaho va buyuk zamindir”
                                          Shavkat Mirziyoev

O'zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida Qashqadaryoning salmoqli o'rni bor. Viloyatda 50 ta yirik sanoat korxonasi, 57 qo'shma korxona, 14 ming 960 dan ortiq kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ekti, 20 ming 333 ta fermer va 19 ming 917 ta dehqon xo'jaliklari faoliyat yuritmoqda.
Mamlakatimizda qazib olinayotgan gazning 64, neftning 67, gaz kondensatining 87,4 foizi Qashqadaryo viloyati hissasiga to'g'ri kelayotir. Viloyat hududida kaliy tuzi, marmar, keramzit, yonuvchi slanes, toshko'mir, ko'rg'oshin, marganes, chinni toshi, bentonitli gil, kumli glaukonit kabi 10 dan ortiq turli foydali qazilmalar mavjud. Vohaning hayvonot va nabotot olami, dehqonchilik tarkibi ham g'oyat o'ziga xosdir.
Viloyatda sanoat izchil rivojlanib, yalpi hududiy mahsulotda bu sohaning ulushi 38 foizni tashkil etayotgani buning yorqin dalilidir. «Sho'rtan neft-gaz», «Muborak neft-gaz» konlari, «Sho'rtan gaz-kimyo» majmuasi, Muborak gazni qayta ishlash zavodi, Dehqonobod kaliyli o'g'itlar zavodi, Tallimarjon issiqlik elektr stansiyasi, «Hisor neft-gaz» singari yirik ishlab chiqarish quvvatlari mamlakatimiz sanoatida ham alohida o'rin tutadi. «Ko'kdumaloqgaz», «Sho'rtangazmahsulot» kabi qo'shma korxonalar ham yurtimiz iqtisodiy taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etayotir. 
2017 – 2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari bo'yicha Harakatlar strategiyasining “Faol tadbirkorlik, innovasion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili” da amalga oshirishga oid davlat dasturi asosida viloyat hududiy dasturi ishlab chiqildi.
Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev 2018 yil 29-31 yanvar kunlari Qashqadaryo viloyatiga tashrifi chog'ida ko'plab istiqbolli loyihalar bilan tanishib, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan Respublika vazirlariga ko'plab zarur topshiriqlar berdi. Shuningdek viloyatning turizm salohiyati va mavjud noyob tarixiy-madaniy merosidan samarali foydalanish, tarixiy me'moriy  yodgorliklar holatini yaxshilash bo'yicha aniq vazifalar belgilab berildi.
Amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari natijasida Shahrisabz qiyofasi tubdan o'zgardi. Shahrisabz (Kesh) shahrining maqomi ko'tarilib viloyat bo'ysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritildi.
Shaharning tarixiy obidalari qayta ta'mirlandi. Sayyohlik infratuzilmasi rivojlantirilib, xizmat ko'rsatish darajasi xalqaro standartlar darajasiga etkazilmoqda.
Kesh (Shahrisabz) shahri  “Qubbat ul-ilm val-adab” (“ilm va adab qubbasi”) nisbasi bilan muhrlangan. Shaharda jami 39, jumladan Amir Temur va temuriylar davrida kurilgan 18 me'moriy obida mavjud. Shashmaqom markazi,  bolalar musiqa va san'at maktabida va shaharga keladigan xorijiy sayyohlarga o'zbek mumtoz san'atidan bahramand bo'lish imkoniyati yaratildi. Viloyatda bugungi kunda 1 ming 311 ta madaniy meros ob'ekti ro'yxatga olingan. Shu raqamning o'zi Qashqadaryo turizm sohasida katta salohiyatga ega ekanligini ko'rsatadi.
Viloyatning boshqa hududlarida ham turizmni rivojlantirish uchun ulkan imkoniyatlar mavjud. Shularni hisobga olgan xolda 2017-2018 yillarda Qashq adaryo viloyatida turizm sohasini kompleks rivojlantirish dasturi ishlab chiqildi. Hududning yirik turizm salohiyatidan samarali foydalanish maqsadida joriy yilda 12 tarixiy-madaniy ob'ektni qayta tiklash va ta'mirlash, turizm infratuzilmasini rivojlantirish, mehmonxona, restoranlar tashkil etish, xizmat ko'rsatish sifatini yaxshilash, madaniy meros ob'ektlarini restavrasiya qilish rejalashtirilgan.
Ekoturizm yo'nalishi bo'yicha tog' va tog'oldi hududlarida sayyohlarning maroqli dam olishi uchun barcha sharoit yaratilgan. Agroturizm sohasini rivojlantirish maksadida Kitob tumani tokzorlarida «Vino degustasiyasi» ni yo'lga qo'yish, ekstremal turizm sohasida Muborak tumani cho'llariga kvadrosikllarda safar uyushtirish, tarixiy-madaniy turizm sohasida Shahrisabz shahri tarixiy markazida «Zafarli yurish» va «Shoh bazmi» teatrlashtirilgan tomoshalarini muntazam tashkil etish mo'ljallangan.
«Afrosiyob» tezyurar poezdi qatnovini Shahrisabzgacha yo'lga qo'yish bo'yicha ishlar olib borilmoqda.
Buyuk   ipak yo'li chorrahasidagi ko'hna sardobalar o'lkasi Qashqadaryo vohasining har bir qarich eri  muqaddasdir. Agar jahon xaritasiga nazar tashlasak, 2700 yillik shaharlari bor davlatlar kam. 
Dunyoda ikkita 2700 yillik  shaharlar – Nasaf (Qarshi) va Kesh (Shahrisabz) vohamizda joylashgan. O'rta asrlarda Sharqning to'rtta hadis ilmining markazlaridan biri va sakkizta  madina maqomini olganlardan biri ham Nasaf  hisoblanadi.
 IX–XII asrlarda Turonzaminda 3000 mingdan ziyod taniqli muhaddislar, jumladan Samarqandda – 1000 nafardan ziyod, Buxoroda – 600 nafardan ortiq, Nasafda – 400 nafardan ziyod, Shoshda – 70 nafardan ziyod, Farg'onada – 60 dan ortiq, Keshda – ham 60 nafardan ziyod, Xorazmda – 40 nafardan ziyod va boshqa qo'shni mintaqalarda ham ko'plab olimu fuzalolar samarali faoliyat yuritishgan.
Nasafda o'z vaqtida hadis ilmining sultoni Imom Buxoriy, tasavvufning buyuk namoyandasi Bahouddin Naqshband ta'lim olgan. X asrda Nasafda xalqaro ilmiy anjuman – “majlisi tadris” o'tkazilgan. Bu yirik shaharda o'sha davrda al-qallos deb atalgan “Olimlar uyi” samarali faoliyat yuritgan. Bu ma'rifatli maskanda Naxshabiy, Nasafiy, Pazdaviy, Kasbaviy, Ofuroniy, Baladiy, Subahiy kabi taxalluslar bilan ko'plab olimu fuzalolar samarali faoliyat yuritgan.
Vohadan etishib chiqqan buyuk allomalardan biri «Sayful Haqq» («Haqiqat qilichi») degan yuksak unvonga sazovor bo'lgan  Abu-l Mu'in an-Nasafiy (1027-1114)  moturidiya ta'limotining eng yirik namoyandasi hisoblanadi. Respublika Vazirlar Mahkamasi 2017 yil 18 aprelda kalom ilmi rivojiga beqiyos hissa qo'shgan buyuk donishmand “Abu-l Mu'in an-Nasafiy boy ilmiy ma'naviy merosini chuqur o'rganish, xalqimiz va jamoatchilik o'rtasida keng targ'ib qilish to'g'risida” farmoyish qabul qildi.
Davlatimiz rahbarining 2017 yil 17 noyabrdagi “O'zbek milliy maqom san'atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida” gi qarori qabul qilinib, ijrosini ta'minlashga kirishildi. Shahrisabz shahridagi Oqsaroy maydonining tarixiy qismida maqom san'atiga bag'ishlangan muzey va markaz tashkil etish ko'zda tutilgan. Ayni paytda shahar madaniyat saroyini kapital ta'mirlash, Oqsaroy maydonidagi Maqom markazi hamda bolalar musiqa va san'at maktabi faoliyatini takomillashtirish bo'yicha keng ko'lamli tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Qarshi shahrida Abdulla Oripov nomidagi ona tili va adabiyotini chuqur o'rganishga  ixtisoslashtirilgan maktab-internati barpo etildi va shoirimizning ko'rkam haykali qad rostladi.
Bu yurtni jahonga mashhur etgan zot buyuk Sohibqiron Amir Temur hisoblanadi. Uning buyuk ishlari aynan o'z Vatani Qashqadaryodan boshlangan. U salkam 150 yil mo'g'ul istilosida bo'lgan Vatan ozodligi uchun kurashdi. 1370 yilda Chig'atoy ulusi xukmdorligini qo'lga kiritib, butun xalqni birlashtirdi. Yagona markazlashgan davlat barpo qila boshladi. O'zbek xalqining rivojlanish bosqichi Amir Temur tufayli yangi bosqichga ko'tarildi. Ona tilimiz arab va fors tillari qatorida davlat maqomi kasb eta boshladi. Temuriylar davrida o'zbek tilining rivojlanishiga bir misol sifatida Britaniya muzeyida saqlanayotgan Mirzo Ulug'bekning suv ichadigan nefritdan yasalgan idishiga o'zbek tilida (fors yoki arab tilida emas aynan o'zbek tilida) «Karami haqqa nihoya yo'qdir» degan yozuv ham fikrimizning yorqin isbotidir.Aynan Temu rva temuriylar davrida o'zbek klassik adabiyoti shakllandi.       Amir Temur nafaqat Turon xalqining ozldligi uchun, shuningdek bugungi Afg'oniston, Eron, Iroq, Shom, Kavkaz orti xalqlari ozodligi va adolatli hayot kechirishi uchun ham kurashdi. Amir Temurning harbiy yurishlarida ikki maqsad ko'zlangan. Birinchidan: o'z mamlakati tevaragida xavfsizlik hududini tashkil etish. Chunki chingiziylar Amir Temur hokimiyatini tan olmagan va qulay fursat kelsa qaytarib olish maqsadida tez-tez hujum qilib turgan.
Ikkinchidan: qo'shni mamlakatlarda yo, zulm haddan ortiq ko'payib, xalq qiynalib qolsa, yoki xukmdorining boshqaruv qobiliyati past bo'lib mamlakatda boshbodoqlik, adolatsizlik, talonchilik kuchayib ketganda o'sha xalqning peshvolari Amir Temurga xat orqali murojaat etishgan va yurtda adolatni o'rnatib berishni iltimos qilishgan.Bu Amir Temur zimmasiga qo'yilgan va hayotining asosiy maqsadiga aylantirilgan «Kuch adolatda» shiori bilan bog'liq edi. Amir Temurga 1370 yilda Chig'atoy ulusi xukmdorligi topshirilayotganda unga «rosti rusti» ya'ni «Kuch adolatda» yozuvi tushirilgan muhr hamda tug' va nag'ora topshirilgan edi.Amir Temur ularni qabul qilayotganida Adolatni va Islomni himoya qilishga qasamyod qilgan edi.       Amir Temur va vorislari ko'plab madrasalar, masjidlar, xonaqohlar, saroylar, sardobalar, bozorlar, ko'priklar, yo'llar, kanallar, qal'alar kabi turli inshootlarni bunyod ettirganlar. U kishi faqat Turkistonda emas, balki qadami etgan  xorijiy yurtlarda ham obodonlik ishlarini olib borgan, sug'orish inshootlari qurdirgan. 
Amir Temurning davlat va qo'shin boshqaruvida mamlakatni obod qilish, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni tartibga solish bilan bog'liq masalalarni o'zining «Tuzuklari»da bayon etgan. Chunonchi shunday yozadi: “Yana amr etdimki, kimki biron sahroni obod qilsa, yoki koriz qursa, yo biron bog' ko'kartirsa yoxud, biror xarob bo'lib yotgan erni obod qilsa, birinchi yilda undan hech narsa olmasinlar, ikkinchi yili raiyat o'z roziligi bilan berganini olsinlar, uchinchi yili (esa soliq-soliq) qonun-qoidasiga muvofiq xiroj  yig'sinlar.
«Yana amr qildimiki, xirojni g'alladan olingan hosilga va erning unumdorligiga qarab yig'sinlar. Chunonchi, uzluksiz ravishda koriz, buloq va daryo suvi bilan sug'orilgan ekin erlarini hisobga olsinlar va unday  erlardan olingan hosil (uchdan) ikki hissasini raiyatga, (uchdan) bir er hissasini saltanat xazinasi uchun olsinlar. Bundan tashqari kuzgi, bahorgi, qishgi va yozgi dehqonchilikdan olingan hosil raiyatning o'ziga bo'lsin”.
 “Tuzuklar”da keltiriladiki: «Dehqonlar va raiyatdan qaysi birining dehqonchilik qilishga qurbi etmay qolgan bo'lsa, unga ekin-tikin uchun zarur urug' va asbob (mehnat quroli) tayyorlab berilsin. Agar fuqarodan birining uy-imorati buzilib, tuzatishga qurbi etmasa kerakli uskunalar bilan ta'minlansin va yordam berilsin».
Amir Temurning ushbu an'analarini biz bugun ham davom ettirmoqdamiz. Xususan fermerlarga erni o'zlashtirishda imkoniyat yaratish, imtiyozli kreditlar ajratish sara urug'lar etkazib berish, lizing asosida texnikalar etkazib berish Amir Temurning zamonaviy shakldagi ishlarining davomidir.
 Hozirgi paytda milliy madaniy merosimizni asrab avaylash, rivojlantirishda va yosh avlodni vatanparvarlik ruhida  tarbiyalash jarayonida Temuriylar davri tarixiy tajribasi nihoyatda qo'l  kelmoqda.
         Muhtaram Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoev uqtirganidek: “Bizning havas qilsa arziydigan buyuk tariximiz bor. Havas qilsa arziydigan ulug' ajdodlarimiz bor. Havas qilsa arziydigan beqiyos boyliklarimiz bor. Va ishonamanki, Xudo hohlasa, havas qilsa arziydigan buyuk kelajagimiz ham bo'ladi”. 


Hayotimizni to'y-tanatanalarisiz tasavvur etib bo'lmaydi. Xalqimiz ezgu tilaklarini ham to'y bilan bog'laydi: “to'ylarga etkazsin”, “to'ydan boshingiz chiqmasin” tarzida. Chunki, to'y- ezgulik, saodat, yaxshilik, baxt timsoli, orzular ruyobi. Shu sababli ham, to'y – qadim-qadimdan  millatimizning eng yaxshi an'analarini o'zida mujassam etib kelayotgan qadriyat hisoblanadi.
Lekin, keyingi paytlarda bu qadriyatdan og'ishib, ortiqcha harajatlar, dabdaba va kim uzarga to'y qilish kabi salbiy odatlar natijasida to'y qilish tashvishga, ba'zan esa haqiqiy ma'noda azobga aylandi. 
To'y-hashamlar bilan bog'liq ortiqcha xarajatlar ming-minglab oilalarning nafaqat iqtisodiy ahvoliga, balki butun hayotiga jiddiy salbiy ta'sir ko'rsatayotgani ayni haqiqat. Shu ma'noda Respublika “Mahalla” xayriya jamoat fondi va “Nuroniy” jamg'armasi faollarining to'ylar, oilaviy tantanalar hamda boshqa marosimlarni ortiqcha sarf-xarajatlarsiz va dabdabasiz o'tkazish bo'yicha Murojaati juda ko'pchilik fuqarolarimiz ko'nglidagi gap bo'ldi.
Jiddiy mulohaza qiladigan bo'lsak, bugun hayotimizda ko'payib borayotgan oilaviy mojarolar, nizo-janjallar, ajralishlar, qudalar o'rtasidagi sovuqchilik sabablari ham aksariyat hollarda aynan serxarajat to'ylarga, ular bilan bog'liq behad ortiqcha sarf-xarajatlarga borib taqaladi.
Ayni masalani Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev o'tgan 2017 yilning 3 avgustida mamlakatimiz ziyolilari bilan uchrashuvda ham o'rtaga tashlagan, “Mana, o'zinglar ko'ryapsizlar, soppa-sog' yurgan ayrim odamlar ellikka kirmasdan turib to'satdan insult bo'lyapti, infarkt bo'lyapti. Sababini surishtirsangiz, boshqalardan qolmaslikka tirishib, katta to'y qilaman, deb qarzga botgan bo'ladi...
Eng yomoni, ayrim pul topib aql topmagan, ma'naviy saviyasi past kimsalar to'y-hashamlar, ma'rakalarni o'tkazish bo'yicha musobaqa o'ynab, turli-tuman yangi odatlarni o'ylab topyapti. Bularni eshitib, ba'zan odam hayratdan yoqasini ushlab qoladi”, degan edi. O'tgan davr ichida shu narsa oydinlashdiki, to'ylarimizni aniq bir hujjat, qonun bilan tartibga solmasa bo'lmas ekan.
Shu o'rinda jadid ma'rifatparvari Hoji Muin Nasafiy
1919 yilda “To'y va aza marosimi haqinda” nomli maqolasida bildirgan fikrlarga quloq tuting: “...ilmsizligimiz sababli turli marosim va odatlar yuki ostinda ezilib, muning uchun axloqiy va moliy jihatdan g'oyat ko'b zararlar ko'rmakda bo'lg'on bir millatmiz. Bizning xalq “mol va jon ketsa ketsun, obro'i ketmasun”, deb xatna yoki nikoh va yo aza marosimini o'rung'a keturmak uchun qo'llarinda bor narsalarini 1-2 kunda barbod etadilar, qarzdor bo'lalar. Qarzlarini ado eta olmag'ach, oxiri, “molni odam topar, odamni mol topmas”, deb o'z bog' va hovlilarini sotib, qarzlarig'a beralar”.
Biroq afsuski, yillar o'tsa-da, zamon o'zgarib borayotgan bo'lsa-da, milliy taraqqiyotimizga katta to'siq va g'ov bo'lib kelayotgan bu illatga barham berish, to'y-ma'rakalarni ixcham, zamonaviy ko'rinishda o'tkazish o'rniga, to'ydan oldin va keyin bo'ladigan kerakli-keraksiz tadbirlarni o'ylab topish, dabdababozlik qilib, haddan ziyod isrofgarchilikka yo'l qo'yish holatlari tobora kuchayib bormoqda.
Misol uchun, Chiroqchi tumanida o'tadigan to'ylarni olaylik. Bilamizki, Chiroqchi tumanining aksariyat hududlarida to'ylar “maslahat oshi”dan boshlanadi. Ba'zida maslahat oshi kichikroq to'ydan ham o'tib ketadi. Xarajat borasida ham to'y egasi bor topgan-tutganini ana shu marosimdan ayamaydi. Qoidaga ko'ra, “maslahat oshi”ga kelganlar to'y kuni xizmatda bo'lishadi va shuning uchun ularga aynan “maslahat oshi”da ziyofat beriladi. Yana bir tomoni esa, to'y spirtli ichimliksiz o'tishi mumkin, biroq “maslahat oshi” usiz o'tmaydi. Boz ustiga 50 kilogramm osh damlanib, 50 kilogramm go'shtdan sho'rva pishiriladi.
Aslida ushbu marosimning mohiyati qarindosh-urug' yig'ilib, to'yni qanday o'tkazish, kimlarni chaqirish, tashkillashtirish, kunini belgilash borasida kelishib olishdan iborat bo'lsa-da, bugungi kunda u kamida yuzlab kishilar yig'iladigan  bazmu jamshidga aylanib qolganini qanday izohlash mumkin? Buncha xarajatning kimga, nimaga kerak?
Tumanda to'ylar odatda kunuzog'i davom etadi. Chunki bu – tartibga solinmagan, qachon boshlanishiyu qachon tugashi bilan birov qiziqmagan. Shuning uchun hamma xohlagan vaqtida keladi. Bu to'y egasini, ayniqsa, uy bekalarini xursand qiladi, deysizmi? To'yga deb kunning istalgan vaqtida kelgan mehmon qo'shimcha tashvishni keltirib chiqaradi, xolos.
Ayrim qishloqlardagi to'ylarda esa “boshlanib o'tar” degan ibora bor. Yaqin insonlarga berilgan taklifnomada albatta, shu so'z bo'ladi. Misol uchun, to'y 25 mart kuni bo'lsa, taklifnomaga “24 mart kuni boshlanib, 25 mart kuni o'tadi” deb yoziladi. O'z-o'zidan ayonki, ikki soatda tugaydigan to'yning ikki kun davom etishi to'y egasining ham ruhiy, ham moddiy tinkasini quritadi.
Ko'pni ko'rgan, kayvoni otaxon va onaxonlar bosh bo'lib, to'ylarni ixcham, kamchiqim, zamonaviy qilib o'tkazish bo'yicha takliflar berishsa, keyin unga amal qilinsa, bundan xalqimiz faqat va faqat  naf ko'radi.
Nafat  to'y xarajatlari, balki, to'y oldi sarflari ham fuqarolar uchun jiddiy muammo keltirib chiqarmoqda. Ayrim tumanlirmizda keyingi vaqtda yana bir bema'ni odat paydo bo'libdi, ya'ni,  kuyov bo'lmish bo'lajak kelinga “egalik” qilib qo'yishi uchun albatta zirak, uzuk yoki tilla zanjir olib berarmish. Qaerdan chiqdi bunday odatlar? Kim o'ylab topayapdi? Azaliy sovchilik odatlari, fotiha o'qilib, non ushatilgani etarli edi-ku?!
Ota-bobolarimiz azal-azaldan ikki yosh unashtirildimi, ularning boshini bitta qilishga asosiy maqsad sifatida qaragan, dabdabali to'y emas, chiroyli turmush haqida qayg'urishgan. Hozir-chi? Turmush, ro'zg'orni yuritish haqida hech kim o'ylab ko'rmayotganday, qanday qilib bo'lmasin, hashamatga, boshqalarga o'zini ko'rsatib qo'yishga intilish kuchayganday chamamda.
Misol uchun, bo'lajak kelin-kuyov tomonidan bir-biriga to to'y o'tgunga qadar har bayram, tug'ilgan kunda falon million so'mlik sovg'a-salom yuborishning nima zarurati bor? Odatda bunday sovg'a-salomlar konfetu shokoladlar, qimmatbaho kiyimlardan iborat bo'lishini hisobga olsak, ular ikki yoshga keyingi hayotida nima naf berarkan, deb o'ylab qolasan kishi.
Aksariyat hollarda fotiha to'ylari katta to'ylardan umuman qolishmaydi. Bunday to'ylarga kamida uch-to'rtta jonliq so'yiladi, 400-500 odamga ziyofat beriladi. Buyam etmaganday, fotiha to'yida ayollar to'yga keluvchilarning deyarli hammasiga sarpo-surug' tayyorlashadi. Ayniqsa, quda tomonga 3-4 kiyimlik qimmat mato, ro'mol va boshqa ustki kiyimlar, quda tomondan kelgan 20-30 ayolga ham kiyimlik matolar sovg'a qilinadi.
Aslida sarpo, buyum yig'ishga ruju qo'yish, ortiqcha orzu-havasga berilish nafaqat oila byudjetiga, balki yosh oilalar ma'naviyatiga ham jiddiy putur etkazishini unutmaslik lozim. Bu masalada ko'p narsa ayollarga bog'liq.
Albatta, to'y dasturxonlarining to'kin-sochinligi aholining turmush darajasi tobora yaxshilanib borayotganidan ham dalolat. Ammo isrofgarchilik, uvol yomon. Taxminiy hisob-kitoblarga ko'ra, ayni paytda to'yxonalarda bir nafar mehmon uchun xarajatlar o'rtacha 40-50 ming so'mni tashkil etarkan. Nikoh to'ylariga o'rtacha 400-500 nafar (ayrimlarida bundan ham ko'p) mehmon keladi. Bu degani to'y egasi 15-20 million so'm (san'atkorlar va shunga o'xshash xizmatlarni hisoblamaganda) sarflaydi degani. Shu bilan xarajatlar tugasa qani. Hali oldinda “kelin salom”, “ota ko'rdi”, “kuyov oshi”, “kelin chaqirdi” singari marosimlar bor. To'y kuni kelolmaganlar “qulluq bo'lsin”ga keladi, oqibatda uy egasi qaytadan dasturxon tuzagan, jonliq so'ygan. Ko'rinib turibdiki, bitta to'yga sarf bo'ladigan pul kamxarjroq oilani tubsiz jarga uloqtiradi.
Endi bir o'ylab ko'raylik. Dabdabali to'y qilgan odamning topgani nimayu yo'qotganlari nima? Topgani – quloq eshitmagan, ko'z ko'rmagan amallar orqali keladigan bir kunlik “obro'”. Yo'qotganlarining esa sanab adog'iga etib bo'lmaydi. Ko'rayapmiz. To'ydan keyin oylab qora qozonning qaynashi qiyin kechayotgan, janjalu nizodan boshi chiqmay qolgan oilalar ham bor, afsuski. Bularga kim aybdor? Avvalo, o'zimiz. Chunki ortiqcha dabdababozlikni, isrofgarchilikni o'zimiz xohladik.
Yo noto'g'rimi?..
Bu borada targ'ibot tadbirlari to'xtab qolgan emas. Ayrim holatlar bo'yicha uchrayotgan salbiy holatlar joyiga borib o'rganilgan, ortiqcha dabdabaga berilgan kishilarga qilayotgan ishlari to'g'ri emasligi bo'yicha tushuntirishlar berilgan. Biroq kamxarj, ixcham to'ylar haqida odamlarning o'zida to'g'ri, ongli munosabat shakllanmasa, bu borada ijobiy natijalarga erishib bo'lmas ekan. Natijada to'ylarni ixchamlashtirish qonun bilan tartibga solinishiga zarurat tug'ilgandi.
To'y-ma'rakalar millatimizning azaliy qadriyatlari va an'analarini namoyon etadigan ko'zgu ekan, ularni yuksak ma'naviy mezonlarga munosib tarzda o'tkazaylik. Bu ezgu ishga hamma birday bosh qo'shishi lozim, hech kim o'zini chetga olishi, menga buning daxli yo'q, deb loqayd bo'lishi mumkin emas. Zero, to'y va marosimlar shaxsiy ish emas, mamlakat va millat taqdiriga daxldor ijtimoiy ahamiyatga ega masaladir.
Zafar RO'ZIYEV,
viloyat hokimi, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zosi

Bazaviy interaktiv xizmatlar

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 231 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Foydali resurslar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati
www.press-service.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati
www.senat.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi
www.parliament.gov.uz
   
O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali
www.gov.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)
www.ombudsman.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
www.prokuratura.uz
   
 
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo'yicha davlat inspeksiyasi
http://gis.uz/

 

Mobil ilovalar

Bosh sahifa

Qabul kunlari

Rahbariyatga murojaat etish

Rahbariyatga murojaat etish

Viloyat hokimligining umumiy bo'limiga murojjat etish (Yangi oynada ochiladi)

Mobil versiya

Mobil versiyaga o'tish

Bog'lanish

Ishonch telefon raqami 
0(371) 200-55-05 
Ishonch telefon raqami reglament
Yagona telefon raqami
0(375) 221-07-60 
Yagona telefon raqami reglamenti

Batafsil>>>

Biz bilan bog'lanish

Sahifa adressi

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family
Reset