wrapper

Fan

MATEMATIKLARDA 1 KUMUSh, 2 BRONZA


Har yili kuzda an'anaviy tarzda Novosibirsk davlat universitetida oliy ta'lim muassasalari talabalari o'rtasida xalqaro ochiq olimpiada o'tkaziladi. Musobaqa 2 toifada: 1-kurslar va 2-4-kurs talabalari o'rtasida yakka hamda jamoaviy tartibda bo'lib o'tadi. Bu yil unda Rossiya, Qozog'iston va O'zbekistonning etakchi oliy ta'lim muassasalaridan 260 o'g'il-qiz o'z bilimini onlayn tarzda sinovdan o'tkazdi.
E'tiborlisi, yuqori kurslar o'rtasidagi yakkalik bahslarida Qarshi davlat universiteti talabasi Sardor Saidov kumush, Navbahor Nuralieva bronza medalga sazovor bo'ldi. Shuningdek, yuqori bosqich talabalari o'rtasidagi jamoaviy bahslarda universitet jamoasi bronza medalga loyiq ko'rildi.
N.XO'JAYEV
Qashqadaryogz.uz ma'lumotlari asosida

Batafsil

Taʼlimning ilk va muhim boʻgʻini

Qarshi shahridagi 46-maktabgacha taʼlim muassasasi tarbiyachisi Muqaddam Rahimqulova Prezidentimiz farmoniga muvofiq, Oʻqituvchi va murabbiylar kuni arafasida II darajali “Sogʻlom avlod uchun” ordeni bilan mukofotlandi.
 
Tarbiyachi-pedagog bola tarbiyasining oʻziga xos jihatlarini hisobga olgan holda, taʼlim tizimidagi yangiliklar va ilgʻor pedagogik texnologiyalarni, maktabgacha yoshdagi bolalarni uygʻun rivojlantirish sohasidagi xorijiy tajribani oʻrganish, taʼlim jarayonida joriy etishga intiladi.
 
– Maktabgacha taʼlim tizimi taʼlimning ilk va muhim boʻgʻinidir, – deydi M.Rahimqulova. – Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy, ijtimoiy-ruhiy jihatdan kamol toptirish, axloqiy va maʼnaviy barkamol etib tarbiyalashda tarbiyachining mahorati, bilimi va tajribasi muhim ahamiyatga ega. Buning uchun har bir pedagog xodim sohani puxta oʻrganishi, oʻz ustida muttasil izlanishi lozim.
 
2.jpg
 
3.jpg
 
4.jpg
 

 

Jamshid Norqobilov (surat), OʻzAQarshi shahridagi 46-maktabgacha taʼlim muassasasi tarbiyachisi Muqaddam Rahimqulova Prezidentimiz farmoniga muvofiq, Oʻqituvchi va murabbiylar kuni arafasida II darajali “Sogʻlom avlod uchun” ordeni bilan mukofotlandi.
 
Tarbiyachi-pedagog bola tarbiyasining oʻziga xos jihatlarini hisobga olgan holda, taʼlim tizimidagi yangiliklar va ilgʻor pedagogik texnologiyalarni, maktabgacha yoshdagi bolalarni uygʻun rivojlantirish sohasidagi xorijiy tajribani oʻrganish, taʼlim jarayonida joriy etishga intiladi.
 
– Maktabgacha taʼlim tizimi taʼlimning ilk va muhim boʻgʻinidir, – deydi M.Rahimqulova. – Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy, ijtimoiy-ruhiy jihatdan kamol toptirish, axloqiy va maʼnaviy barkamol etib tarbiyalashda tarbiyachining mahorati, bilimi va tajribasi muhim ahamiyatga ega. Buning uchun har bir pedagog xodim sohani puxta oʻrganishi, oʻz ustida muttasil izlanishi lozim.
 
2.jpg
 
3.jpg
 
4.jpg
 

 

Jamshid Norqobilov (surat), OʻzA
Batafsil

O'qitish ikki marta o'qish demakdir


Har bir murg'ak bolani o'z farzandidek ardoqlab, yosh avlod tarbiyasi uchun ko'z nuri, qalb qo'ri, butun borlig'ini baxsh etadigan o'qituvchi va murabbiylar tom ma'noda fidoyi kasb egalaridir.
Shavkat MIRZIYOYEV,
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti

Dehqonobod tumanidagi 69-maktab nemis tili fani o'qituvchisi Anvar To'raev izlanuvchanligi, o'z ustida muttasil ishlashi bilan hamkasblari e'tirofini qozongan. U 2016-2018 yillarda Toshkentdagi Gyote institutida, shu orada Germaniyaning Shvebish-Xall shahrida malaka oshirdi. Dars jarayonida zamonaviy texnologiyalardan unumli foydalanishni o'rgandi. Shu sabab o'quvchilari uning har bir darsini orziqib kutadi.
Muallim o'tgan yili “Yilning eng yaxshi fan o'qituvchisi” ko'rik-tanlovining viloyat bosqichida 1-o'rinni qo'lga kiritgan bo'lsa, bu yil ushbu tanlovning respublika bosqichida 2-o'rinni egalladi. Sohadagi xizmatlari inobatga olinib, “O'zbekiston Konstitusiyasiga 25 yil” esdalik nishoni bilan taqdirlangan.
- Jamiyatga foydasi tegadigan, etuk, bilimli shogirdlar tayyorlash – orzuim, - deydi u. – Shogirdlarimning “Bilimlar bellashuvi”, fan olimpiadalarida erishayotgan yutuqlari meni yanada olg'a yurishga boshlaydi. Zero, o'qitish ikki marta o'qishdir.
Sojida ALLAYoROVA
Suratda: Anvar To'raev dars jarayonida.
 Sobir NARZIYEV olgan surat.
Qashqadaryogz.uz ma'lumotlari asosida

Batafsil

Maktabgacha ta'lim tizimini boshqarishni takomillashtirish bo'yicha qaror qabul qilindi

  "O'zbekiston Prezidentining "Maktabgacha ta'lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori qabul qilindi", – deb xabar bermoqda Adliya vazirligining "Telegram"dagi “Huquqiy axborot” kanali.

     30 sentyabr kuni imzolangan qarorga muvofiq Axborot va pedagogika texnologiyalari innovasion markazi davlat muassasasi shaklida tashkil etildi.

       Ma'lumotga ko'ra, ta'lim-tarbiya jarayoniga ilg'or pedagogika va axborot texnologiyalarini joriy etish, Maktabgacha ta'limni boshqarish axborot tizimining joriy etilishini ta'minlash, shuningdek, maktabgacha ta'lim muassasalari uchun o'quv-metodik, didaktik materiallarni tayyorlash va ishlab chiqarish markazning asosiy vazifalaridan etib belgilandi.

       Bundan tashqari, maktabgacha ta'lim tizimi buyurtmachilari bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq investisiya loyihalari bo'yicha, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik loyihalari bo'yicha loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqishda bosh loyiha tashkiloti – Ixtisoslashtirilgan loyiha-izlanish instituti hamda maktabgacha ta'lim tizimi ob'ektlarini qurish, kapital ta'mirlash va jihozlash bo'yicha buyurtmachi vazifasini bajaruvchi Infratuzilmani rivojlantirish bo'yicha injiniring kompaniyasi tashkil etildi.

         Shuningdek, Maktabgacha ta'limni rivojlantirish jamg'armasi o'z faoliyatini boshlaydi. Mazkur jamg'arma mablag'lari maktabgacha ta'lim muassasalarini belgilangan tartibda maqsadli qurilishlar ro'yxatiga kiritib, ularning tarmog'ini kengaytirishga, yuqori malakali mutaxassislar, xorijiy mutaxassislarni, shuningdek, xorijda faoliyat yuritayotgan vatandoshlarimizni fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida vazirlikka ishlash uchun jalb qilish kabi maqsadlarga yo'naltiriladi.

         Qaror bilan 2019 yil 1 yanvardan maktabgacha ta'lim tizimining pensiya yoshidagi xodimlariga, maktabgacha ta'lim tizimi muassasalari ularning asosiy ish joyi bo'lgan taqdirda pensiya to'liq miqdorda to'lanishi belgilandi.

        2018 – 2019-yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirishning qo'shimcha chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi.

        Qishloqlarda bir nechta ko'p qavatli uylar yoki uylar guruhidan iborat yangi qurilayotgan majmualardagi maktabgacha ta'lim muassasasining eng kam quvvati 50 o'rindan kam bo'lmasligi belgilandi.

      2019 yil 1 yanvargacha maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim olayotgan bolalar uchun shaxsiy identifikasiya raqamini berish bo'yicha xizmat joriy etiladi.

Batafsil

E’zoz topgan xalq ta’limi jonkuyari

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanidagi 78-maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Nazokat Vohidova o‘z mehnati va kasbga fidoyiligi bilan elda e’zoz topgan xalq ta’limi jonkuyarlaridan.

Nazokat Vohidova har bir o‘quvchiga individual yondashadi, alohida e’tibor qaratadi. Ta’lim jarayonida yangi pedagogik tajriba va texnologiyalarni keng qo‘llashi, darsga puxta hozirlik ko‘rishi, interfaol usullardan unumli foydalanishi o‘qitish samaradorligini oshirmoqda. Ta’limdagi uzoq yillik samarali mehnati e’tirof etilib, 2011-yilda "Shuhrat" medali bilan taqdirlangan Nazokat opaga bu yil ham qutlug‘ keldi. U 2017-yil O‘qituvchi va murabbiylar kuni bayrami arafasida “O‘zbekiston Respublikasi xalq o‘qituvchisi” faxriy unvoni bilan taqdirlandi.

 

 

Batafsil

Kitobxonlik — ma'naviy kamolot belgisi

Shavkat Mirziyoyev:
Ayni paytda, axborot-kommunikasiya sohasidagi oxirgi yutuqlarni o'zlashtirish bilan birga, yoshlarning kitob o'qishga bo'lgan qiziqishini oshirishga, ularni kitob bilan do'st bo'lishga, aholining kitobxonlik saviyasini yanada oshirishga alohida e'tibor qaratish lozim bo'ladi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev joriy yilning 12 yanvarida “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ'ibot qilish bo'yicha komissiya tuzish to'g'risida” farmoyish chiqardi. Bu hujjat mamlakatimizda kechayotgan ma'naviy-ma'rifiy jarayonlar, uning tashkiliy takomili va rivoji borasidagi ishlarni izchillashtirishni nazarda tutadi.
Shu bilan birga, u xalqning ezgu maqsadlarga uyg'un g'oyalarining tarannumi sifatida ham e'tiborga molik. Nomlarini biz hamisha e'zoz bilan tilga oladigan buyuk ajdodlarimiz o'zlari erishgan oliy maqomga faqat kitob, ma'rifat orqaligina musharraf bo'lib, dovruq taratganlar.
Hazrat Alisher Navoiy salaflari fikrlariga tayanib bir muhim ma'lumotni keltiradi. Unga ko'ra, kitob ishiga  miloddan avval Erondagi peshdodiylar sulolasining uchinchi hukmroni afsonaviy Tahmuras davrida asos solingan. Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, kitobxonlik Sharq xalqlariga qadim-qadimdan xos bo'lgan ezgu fazilat, mo''tabar qadriyatdir.
Haqiqatan, xalqimiz kitobxonlikni azaldan go'zal fazilat deb biladi. “Madrasa ko'rgan”, “maktab ko'rgan” kabi ziyolilik, o'qimishlilikni anglatuvchi iboralar qatorida “kitob ko'rgan” degan baho odamning bilimdonligini, ko'p narsadan boxabarligini     anglatgan.
Lekin so'nggi yillarda kitob va kitobxonlik borasidagi qarashlariga ko'ra, garchi buni o'zlari tan olmasalar-da, odamlar uch toifaga ajralib qolgandek. Bir turkum kishilarimiz o'zlari o'qigan kitoblarga haddan tashqari berilib, atrofdagi boshqa narsalarni unutib qo'yish darajasiga etganlar. Ikkinchi toifa uchun kitob umrini o'tab bo'lgan vosita, shuning uchun uni mutlaqo keraksiz deb hisoblaydi. Uchinchi toifadagilargina kitobni inson ma'naviy olamini boyitish bilan birga jamiyat hayotini go'zallashtirishga, moddiy, tabiiy borliqning taraqqiysiga xizmat qiluvchi zarur omil deb biladilar.
Bundan birinchi va uchinchi toifalarni bir xil baholab bo'lmasligi ko'rinib turibdi. Ularning birinchisini “kitobparastlik” deb atash mumkin. Kitobparastlik insonning ma'naviy kamoliga ijobiy ta'sir ko'rsatishi qiyin. Chunki kitob va hayot munosabatini tahlil etolmagan kishining real hayotdan uzoqlashib qolishi kuzatiladi. Qolaversa, hozirda turli aloqa vositalari orqali nomaqbul kitoblar oqimi ham shu qadar ko'pki, kishilarni ular orasidan tanlab o'qish mahoratini oshirish ham muhim masala. Kitobparastlarning  nomaqbul kitoblar ta'siriga tushib qolishi foydadan ko'ra zararni ko'proq keltiradi.  Nomaqbul deb atayotganimiz shunchaki mazmuni sayoz kitoblar  jaholatni kuchaytiradi.
Chunki kitobparast o'zi o'qigan ma'lumotlarga bandi bo'lgan. Boshqa har qanday ma'rifat unga begona bo'lib ko'rinadi, uni qabul qila olmay qoladi. Bunday holni ma'rifatparvar ajdodimiz Munavvarqori Abdurashidxonov “jahli murakkab” deb atagan edi. Bu jaholatning davosi ham albatta kitob, ya'ni bunday kishiga xo'broq kitobni ko'proq o'qitishdir.
Ikkinchi toifadagi kishilarni “kitobbezorilar” deb atash mumkin. Bu toifadagi aksariyat kishilar moddiy jihatdan o'zlariga to'q, to'la ta'minlangan bo'ladilar. Baribir, ular ham hayotda o'z ideallariga ega. Lekin, afsuski, ko'pincha ularga ideal bo'lgan shaxslar ma'rifatdan begona bo'lib, o'z atrofidagilarga kitob o'qimasdan ham hayotda ko'p narsaga erishish mumkinligini uqtiradilar. Kitob o'qiydigan, ko'p narsaga muhtoj bo'lib yurgan odamlarning ustidan kuladilar. Ularning ba'zilari odamlarning ma'naviy tabaqalanishini, insoniy qadriyatlarni tan olmaydilar. O'zlarining ta'birlari bilan aytganda, ular kitob o'qiy boshlasalar, uyqulari keladi. Ba'zan martabaliroq ziyoli odam oldida kitobbezori ekanliklari bilinib qolsa, kitob o'qib o'tirishdan ko'ra kitobxon odamlar bilan o'tirib suhbatlashishni ma'qul ko'rishlarini aytadilar. Lekin bunga ham aksar vaqt o'zlari amal qilmaydilar. Shunday bo'lsa-da, kitobbezorilik tuzalmas illat emas. Qalblariga yo'l topilsa, ular o'z qarashlaridan juda tez voz kechib, ma'rifat yo'liga kirishlari mumkin.
Uchinchi toifa kitobxonlik haqiqiy ziyolilikdir. Fan, ma'rifat, madaniyat va ishlab chiqarishning taraqqiyot sari harakati faqat ana shu toifaning hissasiga to'g'ri keladi.
Garchi buning hammasi inson tabiatiga bog'liq hodisalar bo'lsa-da, tuyg'ular, kayfiyatlar almashinuvi orqali uning munosabat o'zgartirish imkoniyatini hisobga olib, shaxs takomilini yuksaltirish tadbirlariga har doim ehtiyoj saqlanib qoladi. Prezidentimizning yuqorida nomi keltirilgan farmoyishi ana shunday ehtiyojlarni qondirish maqsadida chiqarildi.
Farmoyish mazmun-mohiyati barcha fuqarolarimizning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish uchun bajarilishi lozim vazifalarni nazarda tutib, yoshlarimizning barkamol avlod bo'lib tarbiyalanishlari uchun zarur bo'lgan shart-sharoitlarni yanada kengaytirish va yuksaltirishni alohida vazifa qilib qo'yadi.
Unda muhim masalalar qatorida sohadagi mavjud muammolarni samarali hal etishga qaratilgan dastur ishlab chiqish ko'zda tutilgani g'oyatda ahamiyatlidir. Ishonchimiz komilki, ushbu farmoyish ijrosi doirasida tayyorlanadigan dastur turli yot g'oyalar, “ommaviy madaniyat” niqobidagi nomaqbul xatti-harakatlar, internet tizimidagi tahdidlar xavfiga qarshi tura oladigan avlodni tarbiyalashga, tarbiyaning barqaror rivojiga xizmat qiladi. Birinchi Prezidentimiz Islom  Karimov aytganidek, “fikrga qarshi fikr, g'oyaga qarshi g'oya, jaholatga qarshi ma'rifat” bilan kurashishda qo'l keladi.

Batafsil

Odamlarning ko‘ngli ko‘tarilib, ertangi kunga ishonchi mustahkamlanmoqda

Prezidentimizning viloyatimizga tashrifini, joylardagi uchrashuvlari, yangi loyihalar taqdimotlarida bildirayotgan fikrlarini barcha katta qiziqish bilan kuzatib bormoqda.

Bugun Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qarshi filialini tashkil etish bo‘yicha loyiha taqdimotida qatnashdi. Davlatimiz rahbari tashkil etiladigan markazning ahamiyati, samaralari haqida zarur tavsiyalarini berdi.

Prezidentimiz raisligida 2017-yilning 5-yanvar va 7-fevral kunlari bo‘lib o‘tgan majlislarda aholiga yuqori sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishni tashkil etish borasida bir qator dolzarb masalalar ko‘tarildi. Soha xodimlari yig‘ilishda belgilangan vazifalar, sog‘liqni saqlash tizimidagi muammolarni hal qilish va tibbiyot rivojini yangi bosqichga olib chiqish borasidagi topshiriqlarni bajarishga kirishdi.

Kasallikning oldini olishning eng yaxshi yo‘li sog‘lom turmush tarziga amal qilishdir. Bugun mamlakatimizda tibbiy madaniyatni yuksaltirish, sog‘lom turmush tarzini rivojlantirish orqali turli kasalliklarning oldi olinmoqda. Barcha xastaliklar zamonaviy shifoxonalarda ixtisoslashtirilgan holda davolanmoqda. Jumladan, endokrinologik kasalliklarni kamaytirishga alohida e’tibor qaratilayotir. Bugungi uchrashuvda Prezidentimiz fuqarolarni tibbiy ko‘rikka keng jalb etish, malakali mutaxassislar faoliyatini yo‘lga qo‘yishni alohida qayd etdi.

Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida davlatimiz rahbarining o‘zlari namuna bo‘lib, xalq bilan dildan suhbatlashayotgani, ularning taklif va fikrlarini eshitayotgani ko‘nglimizni tog‘dek ko‘tarmoqda, ertangi kunga ishonchimizni yanada mustahkamlamoqda. Bu zimmamizga yuklangan vazifalarni bekamu ko‘st bajarish, yangi marralarga erishishga undamoqda.


Azamat Boboqulov,
Qashqadaryo viloyati endokrinologiya 
dispanseri endokrinolog vrachi.
Batafsil

Sog'lom turmush tarziga amal qilish koni foyda

Inson avvalo oila bag'rida unib-o'sadi, shaxs sifatida shakllanadi. Oiladagi ta'lim-tarbiya, ma'naviy-ahloqiy qadriyatlar keyinchalik odamlar orasida mahalla –ko'yda, ta'lim muassasalarida sayqal topadi. Shunday ekan, vatanimiz va xalqimizning ertangi kunini, jahon hamjamiyatidagi obro'-e'tiborini belgilovchi barkamol avlodni voyaga etkazishdek ulug' vazifani oila-mahalla-ta'lim muassasasi hamkorligisiz hal etib bo'lmaydi desak, ayni haqiqatni aytgan bo'lamiz.
Asrlar davomida saqlanib kelinayotgan udumlar va an'analarimizga e'tibor bersak, bizning ota va momolarimiz uchun salomat bo'lish, sog'lom turmush tarziga rioya qilish azaliy qadriyatlardan biridir.
Sog'lom turmush tarzi – bu oila a'zolarining jismonan, ma'nan, ruhan va intellektual barkamolligini, salomatligini ta'minlashga imkon beruvchi oilaviy udumlar, hatti-harakatlar, malaka-ko'nikmalar va shart-sharoitlar majmuini ifodalovchi kategoriyadir.Sog'lom turmush tarzining eng muhim ko'rsatgichi – bu oilaning barcha a'zolarida sog'lom turmush malakalari, o'z salomatligiga nisbatan mas'uliyat, javobgarlik, g'amxo'rlikning mavjudligi, turli zararli odatlar –chekish, spirtli ichimliklar, giyohvand moddalar iste'mol qilishga ruju qo'ymaslik, muntazam sport bilan shug'ullanish, ovqatlanish, kiyinish va muomala madaniyati qoidalariga rioya qilishdir.
Sog'lom turmush tarzini shakllantirishda ayniqsa bizning mamlakatimizda oila muhim rol o'ynaydi. “Qush uyasida ko'rganini qiladi” deydi dono xalqimiz. Zero, hech bir farzand yaxshi yoki yomon xulqli, fe'l-atvorli bo'lib tug'ilmaydi. Bolaning ijtimoiylashuvi jarayonida oila va ta'lim muassasasining ta'siri juda katta. Ota eng avvalo sog'lom turmush tarzini o'z oilasida qattiq turib o'rnatishi va bunga birinchi galda o'zi amal qilishi joizdir. Otani farzandlarining ishonchli do'sti, yaqin maslahatgo'yiga aylanishi o'z o'rnida bolaning oiladan uzoqlashishiga, yomon kishilar ta'siriga tushib, turli illatlar domiga kirib qolishiga yo'l bermaydi. Onaning dunyoga qay ko'z bilan qarashi, insonlarga, atrof-muhitga munosabati va fe'l-atvori bolada aks etadi. Onaning oqila va ziyrak bo'lishi juda muhim sanaladi.Chunki kelgusida bola o'zi hayotidagi voqea va hodisalarni ziyrak ko'z bilan idrok etadi, ularga befarq, loqayd bo'lmaydi. Hayotimizda uchraydigan har xil zararli odatlarga ko'r-ko'rona ergashib ketmaydi.
Zararli odatlardan bo'lgan chekish ko'pincha o'smirlarda kattalarning harakatlariga taqlid qilishlari natijasida yuzaga keladi. Chekishga ro'ju qo'yish esa oxir-oqibat giyohvandlik kasalini keltirib chiqaruvchi omillardan biri hisoblanadi. Farzandning har bir hatti-harakatidan ogoh ota-ona, ustozlar o'z vaqtida bu balodan qaytarishga, uni o'z hayotini o'zi qurboniga aylanib qolmasligiga o'z vaqtida chora topadi. Bola tarbiyasida ota-ona tomonidan me'yorida talabchanlik ham, muloyimlik ham, e'tibor ham talab qilinadi.
Ko'p hollarda o'smirlarning giyohvandlik ko'chasiga kirishiga uni o'rab turgan tengqurlari sabab bo'ladi, degan fikrga boramiz. Lekin, eng avvalo, bu illatning boshlanish nuqtasi oilada ekanligi bugun o'z isbotini topmoqda. Chunki, oilada bola nafaqat o'ziga makon topadi., balki odamlar, tengqurlar, umuman insonlar bilan munosabatga kirishishni o'rganadi, kattalar ko'zi bilan dunyoni, hayotni anglaydi. Farzandning atrofdagi insonlarga munosabati, dunyoga qay ko'z bilan qarashi uning hayotidagi birinchi va asosiy murabbiylari bo'lmish ota-onaga bog'liqdir. Oilada o'rnatilgan o'zaro munosabatlardagi ahillik, totuvlik, har doim bir- birini qo'llab-quvvatlab turish noxush holatlarning oldini oladi.
Yoshlarni zararli odatlarga berilish, jumladan giyohvandlikka chalinishdan asrash, ularda sog'lom turmush tarzini shakllantirish kabi ezgu maqsadlarga oila-mahalla-ta'lim muassasasi hamkorligi natijasida erishish mumkin.


Qarshi agrobiznes va tadbirkorlik kasb-hunar kolleji ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari B.B.Niyazova

Batafsil

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 89 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family