wrapper

Siyosat

Shavkat Mirziyoyev: Amalga oshirilayotgan ishlarimizdan maqsad xalqimizni boy qilish

 

Shavkat Mirziyoyev: Amalga oshirilayotgan ishlarimizdan maqsad xalqimizni boy qilish

 
Prezidentimiz Yakkabogʻ tumanida “Sag agro Yakkabogʻ” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan barpo etilayotgan yongʻoqzor va bodomzorlarni borib koʻrdi. 
 

 

photo5229094521235679785.jpg
 

 

Mamlakatimizda qishloq xoʻjaligini rivojlantirish, ayniqsa, lalmi yer maydonlaridan foydalanishni ragʻbatlantirish va samaradorligini yanada oshirish, eksportbop yongʻoq ishlab chiqarish hajmini koʻpaytirish, xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish hisobiga zamonaviy yongʻoq plantatsiyalarini barpo qilish hamda yongʻoq yetishtirish boʻyicha ilmiy asoslangan usullar va intensiv texnologiyalarni keng joriy etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. 

 

 

 

Davlatimiz rahbarining 2017 yil 1 iyundagi “Yongʻoq ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasini tuzish va uning faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori hamda Prezidentimizning joriy yil yanvar oyidagi Qashqadaryoga tashrifi davomida bergan topshiriqlari asosida tumanda “Sag agro Yakkabogʻ” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan 25 milliard soʻm mablagʻ evaziga 1140 gektar maydonda yongʻoqzor va bodomzorlar tashkil etish rejalashtirilgan. Ayni paytda 700 gektar maydonda yongʻoqning “Chendler”, “Cisco” va bodomning “Avijor”, “Guara” navli koʻchatlari oʻtqazildi. Kelgusi yil yana 440 gektar maydonda mazkur daraxt koʻchatlari ekiladi. Yongʻoqzor 4 yilda, bodomzor 3 yilda hosilga kiradi. 

 

 

 

Mazkur bogʻ toʻliq barpo etilgach yiliga 7 ming tonnaga yaqin mahsulot olinadi. 500 nafar mahalliy aholining bandligi taʼminlanadi. Yetishtirilgan mahsulotning 60 foizini eksportga chiqarish koʻzda tutilmoqda. Korxona kelajakda faoliyatini kengaytirish va eksport hajmini oshirishni rejalashtirgan. 

 

 

 

photo5229094521235679782.jpg

 

 

 

Prezidentimiz bu yerga yongʻoq koʻchati oʻtqazdi. 

 

 

 

Davlatimiz rahbari mahalliy tabiiy-iqlim sharoitlarga mos yongʻoqning serhosil plantatsiyalarini yaratish, hududlarda yongʻoq ishlab chiqarish hajmini koʻpaytirish, mahsulotni sotish bozorlarini kengaytirish, ishlab chiqilgan innovatsion texnologiyalarni yongʻoq yetishtirish jarayoniga joriy qilish, yongʻoq koʻchatlarini parvarish qilishga jalb etiladigan agronomlarni yongʻoq plantatsiyalarida agrotexnik tadbirlarni toʻgʻri oʻtkazish boʻyicha oʻqitish uchun maxsus tayyorlov kurslarini tashkil etish boʻyicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi. 

 

 

 

Shu yerning oʻzida Qashqadaryo viloyati tumanlaridagi zaxira yer maydonlarida oʻrmon xoʻjaliklari tomonidan 2019-2020 yillarda pista, achchiq bodom, yongʻoq va chakanda (oblipexa) plantatsiyalarini tashkil etish hamda Qamashi davlat oʻrmon xoʻjaligida kurkachilikni rivojlantirish, mamlakatimizdagi oʻrmon xoʻjaliklari va fermer xoʻjaliklarida pista plantatsiyalari barpo qilish, qorakoʻlchilik, uzumchilikni rivojlantirish, “Nasaf agro impeks” MCHJ tomonidan Kitob tumanida zamonaviy intensiv bogʻ tashkil etish loyihalari taqdimoti oʻtkazildi. 

 

 

 

Davlatimiz rahbariga viloyatda baliqchilik, parrandachilik, chorvachilik sohasini rivojlantirish boʻyicha amalga oshiriladigan ishlar haqida maʼlumot berildi.

 

 

 

photo5229094521235679784.jpg

 

 

 

photo5231157355373243192.jpg

 

 

 

photo5229094521235679786.jpg
Batafsil

Sudyalar sayyor qabuli:

Aholi manfaatlari, qonun va adolat tantanasi yo'lida

Davlat rahbari tomonidan 2017 yilning 13 iyun kuni mamlakatimiz sud xodimlari bilan uchrashuvda ko'rsatib o'tilgan tizimdagi jiddiy kamchilik va muammolarni bartaraf etish hamda sudyalar oldiga qo'yilgan vazifalarni samarali hal qilish uchun har bir sudya o'z ishiga bo'lgan munosabatini tubdan qayta ko'rib chiqib, shaxsiy mas'uliyatini keskin oshirishi zarur. Ayniqsa, inson manfaatlari himoya qilinishini ta'minlash, xalq bilan muloqot qilish, uning dardu tashvishlari, orzu-niyatlari, hayotiy muammo va ehtiyojlarini yaqindan bilish muhim hayotiy masalalardan biridir.

Shu yilning 8-9 noyabr kunlari o'tkazilgan O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan tizimga daxldor masalalar yuzasidan kelib tushayotgan aholi murojaatlarini ko'rib chiqishga qaratilgan sayyor uchrashuvlar ham ayni maqsadlar ro'yobiga qaratilgani bilan e'tiborlidir. O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi o'rinbosari X.Yodgorov boshchiligidagi Oliy sud sudyalari hamda viloyat sudlari raislari ishtirokida Qarshi va Shahrisabz shaharlarida, G'uzor, Koson tumanlarida xalq bilan ochiq muloqotlar, uchrashuvlar bo'lib o'tdi.

Sayyor qabullarda sud qarorlari va ajrimlaridan norozi bo'lgan turli ijtimoiy-iqtisodiy masalalarda huquqiy maslahat va ko'mak so'ragan 39 fuqaroning murojaati tinglandi.

Tahlillarga ko'ra, qabulga kelganlarning 15 nafari sud qarorlaridan norozi bo'lib, 6 nafari sud qarorlari ijro etilmayotgani, 1 nafari sudda ish uzoq vaqt ko'rilayotgani, 17 nafari esa uy-joy, er, oila va mehnat nizolari yuzasidan murojaat qilgan. Shu asosda har bir murojaat va uning echimini qonun talablari doirasida ijobiy hal qilish nazoratga olindi. Masalan, Koson tumanida yashovchi B.Bozorov uy-joy nizosi yuzasidan quyi sudlar tomonidan qabul qilingan sud qarorlaridan norozi bo'lib, nazorat tartibida shikoyat taqdim qildi. Uning shikoyati Oliy sudda ko'rib chiqish uchun qabul qilindi.

Bundan tashqari, tuman hokimliklari bilan hamkorlikda 1 ayolga 2 xonali turar joy ajratildi, 2 kishi ishga joylashtirildi. Majburiy ijro byurosining hududiy bo'limlari bilan hamkorlikda 3 fuqaroning aliment undirish bilan bog'liq muammolari ijobiy hal qilindi.

Aholi vakillari bilan uchrashuvlarda huquqbuzarlik, jinoyatchilik va oilaviy ajrimlarning oldini olish hamda aliment, meros huquqiga oid munosabatlarni tartibga solishda sudlar mahalla, Yoshlar ittifoqi va boshqa jamoatchilik tashkilotlari bilan hamkorlikni yanada mustahkamlashi lozimligi ta'kidlandi.

Shuningdek, ikki kun davom etgan tadbir davomida viloyatdagi jazoni ijro etish muassasalarida insonparvarlik aktlarini qo'llash bo'yicha sayyor sud majlislari bo'lib o'tdi. Bunda jazoni o'tash mobaynida yaxshi xulq-atvorga ega, mehnatga vijdonan munosabatda bo'lgan, tarbiyaviy tadbirlarni o'tkazishda faol ishtirok etgan 61 mahkumga nisbatan tegishli muassasa tomonidan keltirilgan taqdimnomalar ko'rib chiqildi. 8 kishi muddatidan ilgari jazodan ozod qilindi va 19 mahkumning jazosi ozodlikdan mahrum qilish bilan bog'liq bo'lmagan engilroq jazo turi bilan almashtirildi. O'zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 113-moddasiga asosan 34 nafar mahkumning saqlash sharoiti    engillashtirilib, ular manzil-koloniyalarga o'tkazildi. Bundan tashqari, 2 nafar shaxsga nisbatan sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog'liq bo'lmagan jazolar tayinlanib, sud zalidan qamoqdan ozod qilindi.

Xalqimiz azaldan etim-esir, imkoniyati cheklangan kishilarga mehr-muruvvat ko'rsatish, ularning holidan xabar olib, og'irini engil qilishni ezgu va savobli ish deb biladi. Bu azaliy qadriyat sayyor qabullar davomida ham namoyon bo'ldi. Xususan, ishchi guruh a'zolari Shahrisabz tumani Yangiqishloq mahallasida yashaydigan birinchi guruh nogironi Turdimurod Raupovni sovg'a-salom bilan yo'qlagan bo'lsa, G'uzor tumanidagi Xo'jaguzar mahalla fuqarolar yig'inida istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj, 1-guruh nogironi Doston Rasulovga nogironlik aravachasi topshirildi. 

Shu bilan birga, Kitob tumanidagi Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan suhbat qurildi, ularning kelgusidagi orzu-niyatlari bilan yaqindan tanishildi. Jajji bolajonlarga turli xil sovg'alar, o'yinchoqlar tuhfa etildi.

Bunday tadbirlar xalq ishonchini qozonish, odamlarni qiynayotgan muammolarni chuqur o'rganib hal etishga xizmat qilishi shubhasiz. Zero, asosiy maqsadimiz ham xalq uchun xizmat qilish, qonun va adolat tantanasini ta'minlashga qaratilgan.

Abduqayum MAHKAMOV,

jinoyat ishlari bo'yicha viloyat sudi raisi

qashqadaryogz.uz ma'lumotlari asosida

 

Batafsil

“Hokimga, uning vakillari huzuriga “yo'l” 24 soat ochiq”

Qarshi shahar hokimi bilan suhbat

Fozilov Jamshid G'ayratovich, ma'lumoti oliy, mutaxassisligi elektronika muhandisi va davlat boshqaruvi. 2016 yil 15 iyuldan buyon Qarshi shahri hokimi lavozimida ishlab kelmoqda.

- O'tgan muddat davomida hudud ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga, aholi hayot darajasi yuksalishiga qay darajada hissa qo'sha oldim, deb hisoblaysiz? Buning uchun qanday islohotlarga qo'l urdingiz?

Batafsil

Tadbirkorlarni qo'llab-quvvatlovchi ishchi guruh samarali faoliyat olib bormoqda

 Qashqadaryo viloyati tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish bo'yicha ishchi guruhi tomonidan aniqlangan tadbirkorlar muammolari tezkorlik bilan bartaraf etilmoqda.
                     
2018 yil 11 sentyabrdagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarda tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini jadal amalga oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-3939-sonli qarori ijrosini ta'minlash, tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini ko'rib chiqish, amalga oshirishdagi turli to'siqlarni bartaraf etish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan viloyatda ishni samarali tashkil qilish choralari ko'rildi.

Ishchi guruh faoliyatini samarali tashkil etish va monitoring qilish maqsadida viloyat hokimligida shtab tashkil etilib, tadbirkorlarning muammolari, ularning bartaraf etilishi va amalga oshirilishi bo'yicha ish boshlangan.

Shuningdek, viloyat hokimligi va mutasaddi idora vakillari, ishchi guruh a'zolari ishtirokida tashkiliy yig'ilish o'tkazilib, amalga oshiriladigan ishlar va vazifalar aniq belgilab olindi.
Tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish bo'yicha tuman (shahar)larga biriktirilgan mas'ul kichik ishchi guruhlar shakllantirilib, joylarda doimiy ishlovchi shahar va tuman shtablari tashkil etildi hamda
14 nafar xodimlar mas'ul qilib biriktirildi.

Joylardagi shtablar tomonidan tadbirkorlik sub'ektlari bilan uchrashgan holda mavjud muammolarni aniqlash, joyida xal etish, viloyat va respublikaga bog'liq muammolarni viloyat shtabiga taqdim etish bo'yicha kunlik ma'lumotlar shakllantirilib, viloyat shtabiga kiritib borilishi yo'lga qo'yildi.



Ishchi guruh a'zolari tomonidan joriy yil 12 sentyabrdan 14 oktyabrga qadar Qashqadaryo viloyatining tuman va shaharlarida tadbirkorlik loyihalari bevosita joyiga chiqqan holda o'rganilib, muayyan ishlar amalga oshirildi.
Shu kunga qadar hududiy ishchi guruhlar tomonidan jami 283ta muammolar aniqlanib, 147 tasi(52%) xal etildi.
Aniqlangan muammolar bo'yicha:
– kredit ajratish 79 ta(54 %, 43 ta xal etildi);
– er maydoni ajratish 63 ta (30 %, 19 ta);
– hulosa, ruxsatnoma berish va xujjatlarni rasmiylashtirib berish 29 ta (55 %, 16 ta);
– kommunikasiya tarmoqlariga ulanish 17 ta(88 %, 15 ta);
– boshqa masalalar 95 ta (57 %, 54 ta).
Misol uchun, Kasbi tumanidagi “Saidazimxon” MChJga zamonaviy issiqxona tashkil etish maqsadida 2018 yil 9 oktyabr kuni O'zsanoatqurilishbank tomonidan 488 ming AQSh dollari krediti ajratilishi ta'minlandi.
Kitob tumanidagi “Inter mega biznes” xususiy korxonasiga                           Kichik sanoat zonasi hududida tadbirkorlik faoliyati olib borish maqsadida texnologik uskunalar sotib olish uchun 2018 yil 17 sentyabr kuni Xalq bank tomonidan 440 mln. so'm krediti ajratilishi ta'minlandi.
Bundan tashqari quyidagi muhim masalalar echimini topish choralari ko'rildi:
- Qamashi tuman “Azza parranda” MChJga 12 km masofadan gaz tarmog'i o'tkazib berish bo'yicha shartnoma tuzilib, tarmoqning montaj ishlari boshlandi;
- Qamashi tuman “Komfortabel biznes” MChJga  6,5 gektar er maydoni ajratilishi bo'yicha hokim qarori chiqarilib, er ajratilishi ta'minlandi;
- Muborak tuman “Sponta Sulfur” MChJga viloyat kimyoga qarashli bo'sh turgan bino-inshootdan ijara asosida uzoq muddat foydalanish bo'yicha shartnoma imzolanishiga amaliy yordam ko'rsatildi;
- Qarshi shahri “Viloyat kooperasiya qurilish materiallari ta'minoti” MChJning ishlab chiqarish loyihasi bo'yicha garovga taqdim etilayotgan mulki bo'yicha Raqobat qo'mitasining roziligini olishda amaliy yordam ko'rsatildi;
- Chiroqchi tumani “Avtomobilchi MMTP” MChJtomonidan amalga oshirilayotgan gidroponika usulida issiqxona tashkil etish loyihasi bo'yicha shu kungacha ulanmay kelinayotgan elektr liniyasi 21 sentyabr kuni ulab berilishi ta'minlandi.

Batafsil

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 251 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family