wrapper

Mamlakatimizning chekka hududlarida sanoat, xizmat ko'rsatish kabi sohalar rivoji uchun salohiyat etarli. Istalgancha xom ashyo topish mumkin. Zarur ishchi kuchi borasida ham muammo yo'q. Zamonaviy infratuzilma u yoki bu darajada bo'lsa-da yaxshi shakllangan, hozirda yanada takomillashmoqda. Taklif etilayotgan mahsulot yo xizmat ham erda qolmaydi, bozor esa bor. Faqat yuqori quvvatga ega korxona tashkil etilsa, zamonaviy texnologiyalar asosida raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish yo'lga qo'yilsa bo'lgani. Qo'lida ortiqcha mablag'i bor, tadbirkorman, degan kishi ushbu imkoniyatdan samarali foydalanmoqda. Hatto chet ellik investorlar ham yurtimiz ishbilarmonlik jabhasidagi bu qulayliklardan bahramand bo'lishga ishtiyoq bildirishmoqda.
Misol uchun, Belarus respublikasida faoliyat ko'rsatayotgan yirik kompaniya – “Slodch” qandolat fabrikasi rahbariyati kelgusida viloyatimizda qizg'in biznes boshlash istagida. Fabrika vakillarining yaqinda Dehqonobod tumaniga amalga oshirgan tashrifi ham bu qiziqish shunchaki emasligini ko'rsatib turibdi. Tashrif asnosida ishbilarmonlar hududning investisiyaviy salohiyati bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo'ldi. Delegasiya a'zolari mazkur tumandagi bir qancha ishlab chiqarish quvvatlari faoliyati bilan tanishdi, infratuzilmani ko'rdi.
- Ma'lumki, to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investisiyalar oqimini ko'paytirishga davlat siyosati darajasida e'tibor qaratilmoqda, - deydi Dehqonobod tumani hokimi o'rinbosari Boybo'ri Hasanov. – Shu maqsadda hududda zarur ishlar olib borilayapti. “Slodch” qandolat fabrikasi vakillarining tashrifini bu boradagi sa'y-harakatlar samarasi sifatida baholash mumkin. Ular biz bilan yaqin hamkorlik qilish tarafdori. Rossiya va YEvropada ancha mashhur bo'lgan pecheneni shu erda ham ishlab chiqarishmoqchi. Potensial investorlarga tayyor bino ajratib berish ko'zda tutilgan. Bu esa ularga har tomonlama ma'qul keldi. Tumanimizga katta sarmoya olib kirib, yaqin istiqbolda zamonaviy ishlab chiqarish liniyasini ishga tushirish taklifi bilan chiqishdi.
Tuman hokimligi mutasaddisining aytishicha, ayni paytda Belarus tomoni bilan muzokaralar davom ettirilayapti. Ayrim amaliy masalalar hal etilishi lozim. Shundan so'ng yuqori darajadagi qatnashchilar ishtirokida hamkorlik memorandumi imzolanadi.
Ma'lumot uchun, 100 yildan oshiq tarixga ega “Slodch” qandolat fabrikasi Belarus mamlakatida o'z yo'nalishida etakchi sanaladi. Bozorning qariyb 30 foizini egallagan. Kompaniya ishlab chiqarayotgan pechene turi esa 100 xilga etadi. Mahsulot YEvroittifoq va MDH mamlakatlari, AQSh, Kanada va Xitoyga ham eksport qilinadi. Fabrikaning yillik ishlab chiqarish hajmi 15 ming tonnani tashkil etadi.
Boybo'ri Hasanovning qayd etishicha, biroz avval Dehqonobod tumani hududida yana bir chet ellik investor o'z faoliyatini yo'lga qo'ygan. “Zaher Taher  Trading” MChJ nomi bilan ro'yxatga olingan, afg'onistonlik ishbilarmon sarmoyasi ishtirokidagi mazkur xorijiy korxona eksportbop qishloq xo'jaligi mahsulotlari etishtirish bilan shug'ullanadi. Kavrak plantasiyasi va bodomzor barpo etish tadbirkor rejalariga kiradi. Buning uchun u hududga 200 ming AQSh dollari miqdorida kapital olib kirishni maqsad qilgan. Hozirda korxona tuman hududida tabiiy o'sayotgan kavrak o'simligi shirasini yig'ib, xorij bozoriga chiqarish chorasini ko'rayapti.
Mirzohid JO'RAYEV
Qashqadaryogz.uz ma'lumotlari asosida

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 284 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family