wrapper

  "O'zbekiston Prezidentining "Maktabgacha ta'lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori qabul qilindi", – deb xabar bermoqda Adliya vazirligining "Telegram"dagi “Huquqiy axborot” kanali.

     30 sentyabr kuni imzolangan qarorga muvofiq Axborot va pedagogika texnologiyalari innovasion markazi davlat muassasasi shaklida tashkil etildi.

       Ma'lumotga ko'ra, ta'lim-tarbiya jarayoniga ilg'or pedagogika va axborot texnologiyalarini joriy etish, Maktabgacha ta'limni boshqarish axborot tizimining joriy etilishini ta'minlash, shuningdek, maktabgacha ta'lim muassasalari uchun o'quv-metodik, didaktik materiallarni tayyorlash va ishlab chiqarish markazning asosiy vazifalaridan etib belgilandi.

       Bundan tashqari, maktabgacha ta'lim tizimi buyurtmachilari bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq investisiya loyihalari bo'yicha, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik loyihalari bo'yicha loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqishda bosh loyiha tashkiloti – Ixtisoslashtirilgan loyiha-izlanish instituti hamda maktabgacha ta'lim tizimi ob'ektlarini qurish, kapital ta'mirlash va jihozlash bo'yicha buyurtmachi vazifasini bajaruvchi Infratuzilmani rivojlantirish bo'yicha injiniring kompaniyasi tashkil etildi.

         Shuningdek, Maktabgacha ta'limni rivojlantirish jamg'armasi o'z faoliyatini boshlaydi. Mazkur jamg'arma mablag'lari maktabgacha ta'lim muassasalarini belgilangan tartibda maqsadli qurilishlar ro'yxatiga kiritib, ularning tarmog'ini kengaytirishga, yuqori malakali mutaxassislar, xorijiy mutaxassislarni, shuningdek, xorijda faoliyat yuritayotgan vatandoshlarimizni fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida vazirlikka ishlash uchun jalb qilish kabi maqsadlarga yo'naltiriladi.

         Qaror bilan 2019 yil 1 yanvardan maktabgacha ta'lim tizimining pensiya yoshidagi xodimlariga, maktabgacha ta'lim tizimi muassasalari ularning asosiy ish joyi bo'lgan taqdirda pensiya to'liq miqdorda to'lanishi belgilandi.

        2018 – 2019-yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirishning qo'shimcha chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi.

        Qishloqlarda bir nechta ko'p qavatli uylar yoki uylar guruhidan iborat yangi qurilayotgan majmualardagi maktabgacha ta'lim muassasasining eng kam quvvati 50 o'rindan kam bo'lmasligi belgilandi.

      2019 yil 1 yanvargacha maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim olayotgan bolalar uchun shaxsiy identifikasiya raqamini berish bo'yicha xizmat joriy etiladi.

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 114 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family