wrapper

Mirishkor tumanidagi Pomuq qishlog‘ida joylashgan 2-sonli shifoxona 3 milliard 200 million so‘m mablag‘ evaziga to‘liq rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirildi. Tantanali tadbirda viloyat hokimi Zafar Ro‘ziyev qatnashdi va hudud aholisini zamonaviy tibbiy xizmat ko‘rsatish markazi ochilishi bilan muborakbod etdi.

 

Muassasaning 180 o‘rinli poliklinika, 25 o‘rinli tug‘ruqxona, bolalar kasalliklari, jarrohlik, shoshilinch tibbiy xizmat, ichki kasalliklar bo‘limlari binolari ta’mirlandi. Barcha bo‘limlar “Salomatlik-3” loyihasi asosida zamonaviy asbob-uskuna va jihozlar bilan ta’minlandi.

9 bo‘limni o‘z ichiga olgan shifoxona1979-yilda o‘z faoliyatini boshlagan bo‘lib, o‘tgan yillar mobaynida bino ta’mirtalab holga kelib, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati ancha tushib ketgandi.

- Birgina tug‘ruq bo‘limini oladigan bo‘lsak, ilgarigi sharoitlar haminqadar edi, - deydi bolalar shifokori Dilnoza Atakova. – Endilikda bu yerda jarrohlik amaliyotini o‘tkazish imkoniyati ham yaratildi. Bo‘lim huzurida tashkil etilgan “Yosh onalar maktabi”da esa bola tarbiyasida yetarli malakaga ega bo‘lmagan onalar bilan mashg‘ulotlar olib boriladi.

Qayd etish joiz, bajarilgan ishlar shifoxonaga zamonaviy ko‘rkamlik va tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga qaratilgan dasturning birinchi bosqichi, xolos. Ikkinchi bosqichda yil yakunigacha muassasa binosida yana 2 milliard 600 million so‘mlik ishlar bajarilishi ko‘zda tutilmoqda. Mazkur mablag‘ yuqumli kasalliklar hamda tez yordam bo‘limlarini ta’mirlashga, shuningdek, yangi tibbiyot-tashxis jihozlari olib kelishga yo‘naltiriladi.

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 266 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Bosh sahifa

Qabul kunlari

Rahbariyatga murojaat etish

Rahbariyatga murojaat etish

Viloyat hokimligining umumiy bo'limiga murojjat etish (Yangi oynada ochiladi)

Mobil versiya

Mobil versiyaga o'tish

Bog'lanish

Ishonch telefon raqami 
0(371) 200-55-05 
Ishonch telefon raqami reglament
Yagona telefon raqami
0(375) 221-07-60 
Yagona telefon raqami reglamenti

Batafsil>>>

Biz bilan bog'lanish

Sahifa adressi

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family